So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" — "Челси". Де Брюйне, Фоден ва Пальмер асосий таркибда  0 20:09"Кайсериспор" — "Трабзонспор". Таркиблар маълум  0 19:57Кувайт — Ўзбекистон. Жамоамиз вакиллари стадионда  0 19:55"Боруссия"нинг ЕЧЛдаги муваффақияти МЮга 3,4 миллион фунт фойда келтирди  0 19:34"Ньюкасл" футболчиси Англияда уй қураётгани туфайли клубдан кетишни истамаяпти  6 19:10Равшан Аҳмедов: "Олимпик"нинг барча жабҳаларда "Локомотив БФК"дан устунлиги кўриниб турди"  0 19:04Сервер Жепаров: "Ўзбекистон кубогида гуруҳдан биринчи ўрин билан чиқиш вазифаси қўйилган"  2 18:55Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Кувайтга қарши таркиби маълум  19 18:52Февзи Давлетов: "Учрашув биз учун осон ўтмади"  0 18:34Ўзбекистон Кубоги. "Олимпик MobiUZ" ва "Локомотив" баҳсида 4 та гол, 2 та қизил карточка кўрсатилди   1 18:30Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"да кутилмаган дуранг, "Олимпик"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  3 18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  1 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  3

Nemis murabbiylik maktabi oltin qoidalari nimalardan iborat? Yangiliklar

Nemis murabbiylik maktabi oltin qoidalari nimalardan iborat?

RPL nemis murabbiylariga katta etibor bermoqda va bu holat organik tarzda davom etmoqda.

Xususan, "Dinamo"da Sandro SHvarc, "Spartak"da yorqin xotirlarni taqdim qilgan Domeniko Tedesko, "Lokomotiv"da Ralf Rangnikdan qolgan tizimda tobora o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan Markus Gisdolni misol qilish mumkin. 

Endilikda ular qatoriga "Krasnodar" klubida ish boshlagan yana bir nemis – Daniel Farkeni qo'shish mumkin. 

Bu tendenciya Evropa uchun ham dolzarbdir: uch yil ketma-ket faqat nemis murabbiylari (Klopp, Flik, Tuxel) CHempionlar ligasida qatnashadi. CHempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumida turnirning zamonaviy tarixida birinchi marta bir mamlakatdan uchta murabbiy yarim finalga chiqdi – albatta, Germaniyadan.

Murabbiylar akademiyasi Germaniyaning faxri hisoblanadi

Xennef shaharchasida joylashgan Xennes Vaysvayler akkademiyasi – germaniyalik top-murabbiylarni tarbiyalash maskani. Pro licenziyasini oladigan har bir murabbiy shu akademiyada tahsil oladi. Akademiya 1947 yildan beri faoliyat yuritadi. Rexagel, Xaynkes, Magat, Klopp, Tuxel, Nagelsmann shu joyda bilim olgan. 

Markazning ajralib turadigan 3 ta narsasi bor.

- Qiyin imtihon. Yillik kursga faqat 24 kishi qabul qilinadi. Kirish imtihonlari uch qismdan iborat:

1. Suhbat. Bir nechta savol beriladi va u doskada echiladi.

2. Amaliy mashq. abiturient strategik mashg'ulotda jamoani berilgan sxema (masalan, 4-4-2) bo'yicha raqibga qarshi o'yinga tayyorlaydi.

3. Sinfda olinadigan yozma test.

- Kuratorlar akademiyadan professional futbolda o'yin tajribasiga ega bo'lmagan havaskor murabbiy ham, Bundesliganing haqiqiy afsonasi ham o'tishi mumkinligini takidlashadi.

Murabbiylar tayyorlash bo'limi boshlig'i Frank Vormut (2008 yildan 2018 yilgacha) bu borada qisqacha tushuntirish berdi: "Akademiyada ular nafaqat o'zlari o'rganadilar, balki bir-birlariga ham o'rgatishadi".

Sportlec Solutions (DFL, birinchi va ikkinchi Bundesliga tashkilotchisi va statistikasi provayderi) futbol malumotlari tahlilchisi va Berlinning “Tasmaniya” klubi sobiq bosh murabbiyi Kirill Serix Sports.ru saytiga tizim o'quvchilarga sodiq ekanini malum qildi.

"Men S licenziyasi uchun ariza topshirdim. Eng yoqimlisi xorijlik va futbol tajribasiga ega bo'lmaganlarga ham munosabat bir xil. Mening lug'at va futbol terminologiyasi haqidagi savollarimga (masalan, pressingdagi triggerlar) doimo xotirjamlik bilan javob berilgan.

Kursning aniq reglamenti mavjud. U 9 oy davom etadi (ilgari – 11 oy bo'lgan), yakuniy sinov baholari 815 soatlik darslardan so'ng qo'yiladi. UEFA tomonidan Pro licenziyasi uchun minimal chegara faqat 240 soatni tashkil qiladi. Angliyada - 256.

SHu bilan birga, Germaniyada murabbiylar Pro licenziyaga ega bo'lmasa, birinchi, ikkinchi Bundesliga va uchinchi ligada ishlay olmaydi. Xuddi shuni Angliya misolida aytadigan bo'lsak, agar siz hech bo'lmaganda Pro uchun ariza topshirsangiz, CHempionshipda ishlashingiz mumkin. Liga 1 (uchinchi divizion) uchun A licenziyasi etarli. UEFA ikkinchi divizionda A licenziyasi bilan ishlashni tavsiya qiladi. Demak, qoidadan istisno sifatida Angliya tizimini emas, aynan Germaniyani ko'rsatish mumkin.

Bu hammasi emas – nemis klublari qoshidagi akademiyalari uchun majburiy talab bor. U erda Pro licenziyasiga ega bo'lgan kamida ikkita mutaxassis bo'lishi lozim. Germaniyada har bir professional jamoa (ular 56 ta) yoshlarni tayyorlash tizimiga ega bo'lishi kerak (2000 yildan beri).

Pro bo'yicha o'qish jarayoni: kuratorlarning maruzalari, seminarlar, universitetda jamoalar bilan amaliy mashg'ulotlar, kurs ishi, imtihon sessiyalari. Majburiy turdosh fanlar: psixologiya, pedagogik mahorat, ritorika, sport tibbiyoti.

Yosh hech narsani anglatmaydi, hozir Germaniyada yosh iqtidorli murabbiylar futbolchilardan ko'proq 

Bundesliga - nemis murabbiylarini baholash uchun eng yaxshi ko'rgazma hisoblanadi. 2021/22 yilgi mavsumda mutlaqo boshqacha talim bazasiga ega bo'lgan birorta mutaxassis ko'zga tashlanmadi. Kamdan kam xorijliklar Avstriya yoki SHveycariyada o'tkaziladigan licenziyani qo'lga kiritishgan.

Jumladan, 18 murabbiydan 11 nafari Germaniya yoshlar tizimida kamida bir yil ishlagan. Undan 7 nafar murabbiy keyinchalik o'zlari boshqargan yoshlar jamoasidan yuqorilagan. Bunga yaqqol misollar – Florian Kofeldt va Kristian SHtrayx.

Kofeldt "Verder"ga 24 yoshida oddiy yoshlar murabbiyi sifatida kelgan, 35 yoshida esa bosh murabbiyi darajasigacha ko'tarilgan (aytgancha, 2015 yilda u Vaysvayler akademiyasi kursining eng yaxshi talabasi bo'lgan).

56 yoshli SHtrayx 1995 yildan 2011 yilgacha "Frayburg" U-19 jamoasini boshqargan. SHundan buyon shu klub tizimida murabbiylik qilib keladi. U jamoa ikkinchi Bundesligaga ravona bo'lganida ham, Evropaning xalqaro musobaqalariga yo'llanma olgan vaqtida ham ish joyini almashtirmadi. Faqatgina Diego Simeone SHtrayxdan ko'proq vaqt davomida top-ligada uzluksiz ishlamoqda. Xususan, argentinalik mutaxasis 2011 yilning 23 dekabrida “Atletiko”ni qabul qilib olgan bo'lsa, SHtrayx 29 dekabrda bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

"Frayburg" murabbiyi – yosh hamkasblaridan ajralib turadigan Bundesligadagi eng keksa murabbiy. Bu kabi inqilobni 2001 yilda "Maync"ning sport direktori Kristian Xaydel boshlab beradi. Yani, u 35 yoshli Yurgen Kloppga jamoani ishonib topshiradi. 2009 yilda esa Xaydel 36 yoshli Tomas Tuxelni taklif qilib, ananani davom ettirgan.

2016 yilda esa u "Xoffenxaym"ga 28 yoshli Yulian Nagelsmanni taklif qilib, Bundesliga tarixidagi eng yosh murabbiyga aylantirdi va tendenciyani davom ettirdi.

Nega yosh murabbiylar nemis top-futboliga bunchalik uzviy integraciyalashgan? Vaysvayler akademiyasining sobiq rahbari Daniel Nidkovski DW nashriga bergan intervyusida holatga izoh bergan: 

"Bunday murabbiylar o'smirlardan tashkil topgan futbolchilar avlodiga qanday munosabatda bo'lishni bilishadi. Yosh murabbiylarning yosh futbolchilar bilan ishlashi osonroq".

Tomas Tuxel ushbu hodisani Germaniyada yoshlar futboli islohotidan keyin paydo bo'lgan iqtidorli yosh futbolchilar to'lqiniga o'xshash ikkinchi to'lqin deb atadi. Endi har bir Bundesliga jamoasida (19, 17, 15, 13, 12, 11 yoshlilar uchun) alohida murabbiylar bor. Tizimli yondashuv avvaliga sifatli futbolchilarni kashf qilib keldi, endilikda esa murabbiylar ham etishtirib chiqarmoqda. 

Kirill Serix "Tasmaniya" U-13 jamoasini boshqargan murabbiy haqida quyidagi hikoyani aytib berdi:

"Bir do'stim 13 yoshlilar jamoasini boshqargan, uning ostida ko'plab yigitlar ulg'aygan, bir yarim yil ichida u butun yoshlar jamoalari ichida ikki etakchi mutaxassisdan biri bo'ldi.

Ehtimol, bundan ham hayratlanarlisi uning o'sishi emas, balki beshinchi divizion jamoasida 13 yoshgacha bo'lgan jamoa uchun aniq murabbiy bo'lganligidir".

"Bavariya", "Bayer", "SHalke" va "SHtutgart" klublarida ishlagan sport funcioneri Mixael Reshke bu borada o'z fikrini bildirdi: 

"Akademiya tarbiyalanuvchilari aqlliroq bo'lib bormoqda. Yoshlar darajasida ular bilan yosh murabbiylar ishlagan. SHu bois ular hech narsadan cho'chishmaydi".

Jo'shqinlik – nemis murabbiylari imzosi. U taktik ko'nikmalardan-da yuqoriroq turadi 

Nidkovski Vaysvayler akademiyasiga nomzodlarni tanlashda qiziqarli tafsilotlarni oshkor qildi: 

"Biz murabbiyning xarakterini sinchiklab baholaymiz – nomzodda jo'shqinlik bormi? Men inson o'zini qanday tutishini nazarda tutyapman. Uning monologlariga ishonasizmi? Uning strategiyasining muvaffaqiyatiga ishonasizmi? Murabbiy bu jihatlarga ishontira olishi kerak.

Ha, bu bir qarashda subektiv qarash, ammo buni etiborsiz qoldirib bo'lmaydi".

Yulian Nagelsmann sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi. Yulian bilan bir kursda o'qigan Patrik Vayzer esa buni boshqacha talqinda tushuntirib berdi:

"Bir marta Nagelsmann uchta markaziy himoyachi bilan qanday qilib to'g'ri harakat qilishni isbotlash uchun deyarli butun darsni o'ldirdi. Seminarda akademiya rahbari Frank Vormut ishtirok etdi.

"Ha, buning manosi yo'q!", – Nagelsmanning barcha bahs-munozaralaridan keyin Vormut ovozini ko'tardi. Yulian bir lahzada dars davom etishi uchun tinchlandi. Ammo u hali ham o'z fikrida qolgani aniq edi".

Bu sog'lom muhit: iqtidorli murabbiy o'z poziciyasini himoya qildi, u hatto talim markazidagi asosiy shaxsga qarshi chiqdi.

Keyinchalik Nordwest Zeitung nashri ham Nagelsmann borasida qo'shimchalar malumotlar taqdim qiladi. 

U amaliy mashg'ulotlarning bir qismini "Bonner" jamoasi akademiyasida o'tkazadi. Yulian tom manoda o'yinchilarni qo'lidan ushlab, maydonga tushirdi. Yana bir qiziqarli jihati shuki, u o'yin vaziyatlarini yaratib, o'yinchi qaysi joyga pas berishini birma-bir so'rab chiqardi. O'ziga etarli aniq javob olmaguncha taslim bo'lmasdi. Boshini qimirlatib, keyingi o'yinchiga yuzlanardi.

Nagelsmann "Xoffenxaym"da ham shunday qildi – lekin u havaskor yoshlarni emas, balki Bundesligada o'nlab o'yinlar o'tkazgan professionallar qarshisida turardi. Yulian hech narsadan uyalmasdi. Yutug'i esa o'rganishga moyillik (maydonda qo'l bilan yurishgacha) yaxshi o'yinchini undan past darajadagisi bilan farqlay olishi bo'lgan.

Yulian imtihonlarda jami 1,3 ball oldi (Germaniyada 1,0 - "alo", 5,0 - "qoniqarsiz"). Undan keyingi o'rinni Domeniko Tedesko 1.0 bilan egalladi. Ammo kurslarda ishtirok etganlarning fikricha, Tedesko Yuliandan ko'ra tirishqoqroq edi. U diqqat bilan tinglar, kamroq bahslashardi. 

Keyinchalik Tedeskoning o'zi kamtarlik bilan Nagelsmann kursning, shubhasiz, eng yaxshi talabasi ekanligini aytdi:

"U "Xoffenxaym"dagi ishi tufayli imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish uchun kamroq vaqtga ega edi, hamma u tez orada muvaffaqiyatga erishishini tushundi".

Reytinglar ahamiyatsiz. Eng muhimi, nemis tizimida har bir murabbiy (Nagelsmann va Tedesko kabi o'ynash tajribasiga ega bo'lmagan) ajoyib bilimga ega bo'lsa, unutmangki, murabbiy futbolchiga xabarni etkazish uchun jo'shqinlikka ega bo'lsa, o'z imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.

Germaniya tizimida ham kamchiliklar bor

Mamlakatda tizimga nisbatan global tanqid yo'q, lekin individual tomonlama shikoyatlar topiladi. "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mexmet SHoll mashg'ulotlarga qattiq yondashdi.

Uning fikricha, akademiyaga faqat eng itoatkor murabbiylar qabul qilinadi. Bu g'oyalar inqirozga olib keladi, futbol sekinlashadi, har qanday chinakam o'ziga xos konsepciya amaliy qo'llanilishini topa olmaydi, chunki dissidentlarning Bundesliga klublariga kirishiga shunchaki ruxsat berilmaydi.

Mexmetning tarafdorlari ham topiladi. aynan o'sha murabbiylar tufayli akademiya yorqin shaxsga ega bo'lmagan futbolchilarni tarbiyalaydi. Quvnoq o'yin yo'qoladi, yagona maqsad raqibni taktik va jismoniy jihatdan zararsizlantirish bo'lib qoladi.

Baholash uchun obektiv qarashlarni topish qiyin. Bundesliga o'yinlarini ko'rib, jamoani tanlash osonroq.

Bu haqda Kirill Serix shunday deydi: 

"B" licenziyasi uchun ariza topshirayotganda, siz o'yin mahorati uchun testdan o'tishingiz kerak. Agar siz murabbiy bo'lish uchun o'qiyotgan bo'lsangiz, futbol o'ynashni bilishingiz muhimmi? Futbolchilik va murabbiylik ikki xil kasb.

Va testlar hamma joyda har xil. Bazi hududlarda imtihon oluvchilar 20 daqiqa vaqt berib, turli mashqlar sifatiga qarab baholaydilar: paslar, driblinglar, krosslar. Qaerdadir to'pni 100 marta tepish kerak".

Hatto C licenziyasiga o'qish uchun o'ziga xos talablar bor. Kurslarni topshirgandan so'ng imtihon boshlanishini 2-3 oy kutishga to'g'ri keladi. Pandemiyada hamma narsa olti oygacha cho'zildi.

Pro licenziyasi uchun  815 soat o'qish ortiqcha degan fikr bor. 2020 yilgi kurs bitiruvchisi Yens Langeneke talim jarayoni juda uzoq davom etganini aytdi. SHunda bir xayol miyaga keldi. Deylik, Tomas Myuller darajasidagi o'yinchi o'zining yuqori bilimini tasdiqlash uchun bir necha oy sarflashi mumkinmi?

SHubhasiz, ha. Bu tizimning asosiy afzalligi ham shunda.

Nemis murabbiylik talimi – haqiqiy maktab

Murabbiylar o'rtasidagi munosabatlar mana shunday chambarchas bog'liq bo'lgan boshqa futbol mamlakatini topish dargumon. Italiya, Ispaniya va Portugaliyada ham yulduz murabbiylarning avlodlari borligi aniq. Har bir murabbiyning o'z falsafasi va yo'li bor.

Germaniyada hamma narsa boshqacha.

Deylik, Bundesliga Ralf Rangnik futbolida yashaydi. Yani, kontrpressing, vertikal hujumlar, yuqori jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan futbol. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppdan tortib “Arminiya”dagi Frank Kramergacha bo'lgan deyarli har bir nemis murabbiyi kamida bir marta o'yinning asosiy tamoyillarini Rangnik orqali shakllantirilganini tan oladi. 

Germaniya terma jamoasining hozirgi ustozi Flik Nagelsmanni, Yulian esa Tuxelni hurmat qiladi. "CHelsi" ustozi bo'lsa Kloppni, Yurgen esa hammani maqtaydi. Bu xuddi kulgili xushomad kabi ko'rinadi. 

Bundesliga ichida ham bu munosabatlar davom etadi – har bir o'yindan oldin quchoqlash bilan 30 soniyalik yaxshi muloqotni ko'rish mumkin. SHtrayx, albatta, ayyor tabassum bilan raqib qo'lini siqib qo'yadi, Marko Roze esa hamkasbiga yoqimli gap aytishni unutmaydi. 

Xennes Vaysvayler akademiyasiga har yili mehmon o'qituvchilar taklif qilinadi. Yoaxim Lyov, Ralf Rangnik, Xans-Diter Flik... Darvoqe, Flik 2004 yilgi kurslarda eng yaxshisiga aylangan edi. 2019 yilda mehmon o'qituvchi sifatida hozirda "Maync" klubi bosh murabbiyi Sandro SHvarc taklif etildi.

Vaziyatga chuqurroq yondashsak, mintaqaviy ligalarda, Oberliga va butunlay havaskor turnirlarda ham vaziyat shunday.

Buni Kirill Serix ham tasdiqlaydi: 

"Odamlar juda ochiq. Amaliyotga kelish, mashg'ulotlarda qatnashish, shunchaki suhbatlashish muammo emas. Biz "Tasmaniya"da deyarli har dam olish kunlari tajriba almashardik, mashg'ulotlar borasida fikrlarimizni o'rtoqlashardik.

Tizim bir-biriga chambarchas bog'langan. Bizda Berlin va Brandenburgda kuchli murabbiylar hamjamiyatiga ega bo'lgan, men bilamanki, Gessenda ko'pchilik fikr almashadi. Masalan, frankfurtlik murabbiylar darmshtadtlik murabbiylar bilan muloqot qilishadi".

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика