Nemis modeli Roysga haydovchilik qilishga tayyor ekanini bildirdi
22 dek 2014 22:03
Yangiliklar


Nemis modeli Roysga haydovchilik qilishga tayyor ekanini bildirdi
Germaniyalik taniqli model Jordan Karver "Borussiya D" vingeri Marko Roysning shaxsiy haydovchisi bo'lish taklifi bilan chiqdi.
"Marko, men sening nafaqat shaxsiy haydovching, balki mashina boshqarish guvohnomasini olishingda ham yordam berishim mumkin. Taklifimni o'ylab ko'r, Yoki "Borussiya D"dan "Bavariya"ga o'tasan, yoki men sening muhabbating bo'laman. Men biroz qizg'anchiqman, ammo ikkala taklifim ham super", - deydi taniqli model Jordan Karver.
Eslatib o'tamiz, yaqinda futbolchi haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargani uchun 540 ming evro jarimaga tortilgan edi.

Fikrlar