Nemis klubi ettinchi bor Evropa Ligasida g'olib chiqdi
19 may 2022 20:20
Yangiliklar


Nemis klubi ettinchi bor Evropa Ligasida g'olib chiqdi
Bundesliga klublari qo'lga kiritilgan evrokuboklar soni bo'yicha kuchli 4 talikka kiradi.
18 may kuni Sevilyada bo'lib o'tgan Evropa Ligasi 2021/22 final uchrashuvida "Ayntraxt" penaltilar seriyasida "Reynjers" qarshiligini yo'qqa chiqardi – asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, penaltilar bo'yicha 5:4 bo'ldi.
Evropa Ligasi (UEFA Kubogi) nemis futboli uchun ettinchi shunday sovrin bo'ldi. Ushbu turnirda faqat uchta davlat ko'proq g'alaba qozongan. Angliya va Italiya klublari 9 tadan Evropa Ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. Rekordchi Ispaniya jamoalari ema ushbu musobaqada 14 marta zafar quchishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar