So’nggi yangiliklar

19:13"Динамо" — "Лочин". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал доирасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:44Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  1 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  5 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:59Германия — Франция. Миллатлар лигаси учинчи ўрин учун бўладиган баҳснинг таркиблари маълум  2 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  5 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  9 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  12 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  6 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  16 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1

Nemis jamoalaridan ko'proq "kumush lagan"ni qo'lga kiritgan Myuller yoxud Dortmund osmonida "qonliq bulutlar" - Germaniya Bundesligasi sarhisobi Yangiliklar

Nemis jamoalaridan ko'proq "kumush lagan"ni qo'lga kiritgan Myuller yoxud Dortmund osmonida "qonliq bulutlar" - Germaniya Bundesligasi sarhisobi

CHempionatlarning yangilangan reytingiga ko'ra, bugungi kunda dunyoning ikkinchi darajali ligasi - Bunlesliga sarhisobini qilamiz.

Nemislarning birinchi raqamli ligasiga evrokuboklar uchun xuddi APLdagi kabi 7 ta kvota ajratilgan. ECHLga 4 ta, ELga 2 ta va EKL uchun 1 ta. 

"Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leypcig", "Union" Berlin. Kelasi mavsum CHLda shu jamoalar Bundesliga sharafini himoya qiladi. "Bavariya" yildan-yilga top-5 ligalardagi jamoalar ichida takrorlab bo'lmas rekord o'rnatib kelmoqda. Jamoa 10 yildan buyon chempionat taxtidan tushmayapti. Bu 11 bora chempionlik degani. Bu borada faqatgina "Yuventus" (9 marotaba) va "Lion" (7 marotaba) nemislarning yaqiniga sal-pal yo'lashi mumkin. 

SHunday qilib, "Bavariya" ketma-ket 11, o'z tarixida esa 33-bor "kumush lagan"ni o'z boshi uzra ko'tardi. 

Yana bir qiziq statistika. Klub yarim himoyachisi Tomas Myullerning birgina o'zi jamoasini inobatga olmagan holda, butun boshli nemis jamoalaridan ko'proq mamlakat birinchiligini qo'lga kiritgan. Undan keyin esa 9 bor chempionlik bilan "Nyurnberg" jamoasi turadi.

Marko Roys. "Borussiya" Dortmund so'zi bilan sinonim bo'lib ketgan ushbu ismga ega futbolchi hali hamon chempion bo'la olgani yo'q. Aksiga olib, "asalarilar" ham oxirgi marotaba Roysning klubga kelishidan oldin, 2011/2012 yilgi mavsumda chempion bo'lgan. Bu yili chempionlik masalasi dortmundliklarning o'z qo'lida edi. "Kumush lagan" uchun so'nggi turda "Maync" ustidan g'alaba kifoya qilar edi. Ammo jamoa imkoniyatni boy berdi. Dortmund osmonida "qonliq bulutlar" suzishda davom etadi.

"Asalarilar" uchun "Bavariya"ni yutib, chempionlikka imkoniyat yaratib bergan jamoa bu — "Leypcig" edi. "Leypcig"ga bu mavsum 3-o'rin va Germaniya Kubogi nasib qildi. Jamoa o'z tarixida ikkinchi bor mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

"Union" Berlin. 2006 yilda Germaniyaning 5-divizionida ishtirok etib yurgan jamoa asta-sekinlik bilan yuqorilab keldi. Va so'ngida, 2019 yildan etiboran Bundesliga ishtirokchisiga aylandi. Kelasi yil ular o'z tarixida ilk bor CHempionlar Ligasida qatnashadi. Ularning bosib o'tgan yo'li hujjatli film qilib ishlashga arzigulik.

"Bayer" va "Frayburg"ga EL, "Ayntraxt" ga esa EKL chiptasi nasib qildi. Bu jamoalar, odatda, doyimiy ravishda evrokuboklarda ishtirok etib keladi.

Quyidan 3-o'rinni egallagan "SHtutgart" o'tish o'yinida ishtirok etib, ikki o'yin hisobiga ko'ra "Gamburg"ni 6:1 hisobida mag'lub qildi. SHu orqali jamoa Bundesliganing keyingi mavsumida ishtirok etishni kafolatladi.

"SHalke 04" va "Gerta" 2-divizionga tushib ketdi.

Bundesliganing 2-divizionidan "Xaydenxaym" va "Darmshtadt" jamoalari mamlakatning asosiy ligasiga yo'llanma olishdi.

SHaxsiy titullar. Nkunku ("Leypcig") va Fyullkrug ("Verder") Bundesliga to'purari bo'lishdi — 16 tadan gol.

Gerreyru ("Borussiya D") Bundesligada mavsumning eng yaxshi assistenti bo'ldi — 12.

Judd Bellingem — mavsumning eng yaxshi o'yinchisi.

Mavsum kashfiyoti — Karim Adeyemi.

Yana bir statistikani keltirib o'tishni joiz deb topdim. Kolo Muani Bundesligada "gol+pas" tizimida 26 ochko jamg'ardi.


Doniyor Mamatqulov tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика