So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  0 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Nematulla Qutiboev: “Xorazm”ni ishtiyoq evaziga mag'lub etdik” Yangiliklar

Nematulla Qutiboev: “Xorazm”ni ishtiyoq evaziga mag'lub etdik”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha O'zbekiston Kubogining o'tish bosqichi uchrashuvlari yakuniga etdi. Nukusda “Orol” jamoasi “Xorazm”ni qabul qilib, yirik hisobda g'alabaga erishdi.
O'yindan so'ng nukusliklar ustozi Nematulla Qutiboev bilan suhbatlashdik.

- Nematulla aka, avvalo “Xorazm” bilan o'tgan o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Mazkur o'yin joriy mavsumdagi ilk rasmiy bahs bo'lgani sababli yigitlarni boshida hayajon bosdi. Qolaversa o'z maydonimizda muxlislar qarshisida faqat g'alaba qozonishimiz kerakligi sababli ham bosim bo'ldi. “Xorazm” futbolchilari esa aksincha uchrashuvni faol boshladi. Baxtimizga urganchliklar yuzaga kelgan vaziyatlardan aniq foydalana olmadi. Aks xolda o'yin surati ham o'zgarib ketishi hech gap emasdi.  

- Sizga ko'proq qaysi bo'lim yoqdi?
- Ikkinchi taymni aytgan bo'lardim. CHunki uchrashuvning ikkinchi qismida yigitlar o'zini bosib oldi va g'alaba sari dadil xarakat qildi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

- G'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi deb hisoblaysiz?
- O'z maydoningda o'ynasang tabiiyki muxlislarning qo'llab-quvvatlashini xis etasan. Bu juda katta kuch bag'ishlaydi. Bundan tashqari futbolchilarda g'alabaga ishtiyoq yuqori darajada bo'ldi.

- Endi boshqaruvingizdagi “Orol” Kubokning 1/16 final bosqichida “SHo'rtan” bilan ro'baro' keladi.
- Ha, bu oldindan malum edi. Agarda “Xorazm”ni yutsak, oliy liga vakili bilan to'qnash kelishimizdan xabarimiz bo'lgan.

- Bu raqib haqida qanchalik malumotga egasiz?
- Bu borada faqat shuni aytishim mumkinki, o'tgan yili birinchi ligada o'ynagan tarkib bilan hozirgisini o'rtasida farq katta. G'uzorliklar qishda o'z tarkibini mahoratli o'yinchilar evaziga kuchaytirib oldi. Keyin bu jamoani ayni damda Muxtor Qurbonov boshqarayotganini ham bilaman.

- Bo'lajak bahs haqida nima deysiz?
- Keyingi bosqichda “SHo'rtan” bilan o'ynashimizdan qo'rqish kerak emas. Har bir raqibni xurmat qilgan xolda, g'alaba uchun chiqamiz. Bilaman o'yin biz uchun oson kechmaydi. Lekin imkon qadar ishqibozlarimizni xursand qilishga urinamiz.

- Endi jamoangizni mavsumga tayyorgarligi qanday kechgani haqida aytib o'tsangiz. Bu borada qoniqish xosil qildingizmi?
- (Kulib) Bunday qiyin savollar bilan odamni murakkab xolatga tushirib qo'ymang-da...

- Gaplaringizdan shuni anglash mumkinki, “Orol”da sharoitlar ijobiy tomonga o'zgarmagan. SHundaymi?
- Menimcha kelgusida hammasi yaxshi bo'ladi. Ertangi kunga umid bilan boqyapmiz.

- Unday bo'lsa aytingchi, jamoangiz tarkibida bu yil qanday   o'zgarishlar yuz berdi?
- Birgina Mansur Abdullaev safimizni tark etdi. U butsalarini mixga ildi. Endi murabbiylikka o'tmoqda. Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsam, ularning hammasi mahalliy yosh yigitlardir. Bu yil ham asosiy etibor yoshlarga qaratiladi.

- Aytishlaricha o'tgan mavsum “Neftchi”da xarakat qilgan Azamat Ilyosov ham “Orol”ga qaytgan ekan. SHu rostmi?
- Ha, Azamat qishki yig'inlarni biz bilan o'tkazdi. Uni “Xorazm” bilan o'yinda maydonga tushmagani esa “Neftchi”dan hujjatlari hamon kelmagani bilan bog'liq. Lekin Ilyosovning bu yil yana “Orol”da o'ynashi aniq. Faqat ijara asosida.

- Ilyosovning o'tgan yili “Neftchi”ga o'tgani shov-shuv keltirib chiqargandi. Uning farg'onaliklar safida “yo'qolib” qolishi nima bog'liq deb hisoblaysiz?
- Azamatga o'tgan yili qishda “Neftchi”dan taklif bo'lganida shoshilmaslikni va hozir yosh bo'la turib oliy liga klubiga o'tishi ko'pincha o'zini oqlamasligini aytgandim. Ammo u o'z fikrida qatiy turib oldi va “Neftchi” taklifini qabul qildi. Albatta futbolchimiz oliy liga klubiga o'ynab keta olsa, xursand bo'lamiz. Biroq Azamat bu paytda ancha yosh edi. Yangi jamoaga moslashib ketishga qiynaldi. Aksincha “Orol”da u etakchiga aylanib ulgurgandi. Turli sabablarga ko'ra, ko'p o'yinlarda ishtirok eta olmadi. Natijada sport formasini ham yo'qota boshladi. Balki u endi jamoamizda o'ynab, avvalgi xolatiga qaytar.

- Hademay yurtimizda birinchi liga o'yinlari ham boshlanadi. Joriy mavsumdan nima kutyapsiz?
- Maydonda haqiqiy kurash bo'lib, stadionga kelgan ishqibozlar jozibali o'yindan bahramand bo'lishini istardim. Qoraqalpoq axlini xursand qilish uchun esa “Orol” ham har bir bahsda jiddiy kurashadi.

- Oliy ligaga chiqish uchun kurash qaysi jamoalar o'rtasida kechadi deb o'ylaysiz?
- Menimcha “Obod” bo'ladi. Bu jamoaning o'tgan yilgi o'yini menga juda manzur bo'lgandi. Joriy mavsum ham bu klub har bir raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsatadi. To'g'risi, bu borada yana qa   ysidir klubni ko'rsata olmayman. “Oq-tepa”? Ochig'i, boshqa klublar haqida bugungi kunda etarlicha malumotga ega emasman. Birinchi ligada deyarli hamma klub har yili o'z tarkibini o'zgartirib yuboradi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика