Nematillo Quttiboev: "Hujumda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishda muammolarimiz bor"

Administrator
18 iyun 2023, 22:25
Pro-liga qoldirilgan 7-turidan o'rin olgan "Aral" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Gol urishda muammolarga duch kelayapmiz. Oldingi chiziqda vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor. Futbolda gol urmay turib yutib bo'lmaydi.

Barcha mas'uliyatni o'z zimmamga olgan xolda muxlislardan uzr so'rayman.

- Turopovning jarohati qay darajada jiddiy?

- Hozir bu borada biron fikr aytish qiyin. Shifokorlar ko'rib chiqishadi, o'z xulosalarini berishadi va shundan so'ng hammasiga oydinlik kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia