Nematillo Quttiboev: “CHetlatish o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi”
11 sen 2024 22:05
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: “CHetlatish o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi”
Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” - “Aral” (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Birinchi navbatda “SHo'rtan” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli g'alabaga erishishdi. Nazarimda, qizil kartochka ikkinchi bo'limda o'yinimizga tasir qildi.
- Futbolchi qizil kartochka olganida sizda qanday hissiyotlar o'tdi?
- Hozir bu borada biron fikr aytish qiyin. Jarayonni ko'rish kerak. Hakam kartochka ko'rsatgan bo'lsa, demak vaziyat shunga yarasha bo'lgan.
- Jamoangiz o'yinni 2 ta hujumchi bilan boshladi. Lekin mezbonlar yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Bunga qanday izox berasiz?
- Qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordik. Vaziyat shunaqa bo'lib qoldi.
- Mag'lubiyatga jismoniy toliqish ham sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi yoki qizil kartochkami?
- Ko'proq qizil kartochka sabab bo'ldi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar