So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  0 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  1 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  0 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  7 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  7 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Nematilla Qutiboev: "O'yin oxirida diqqatni yo'qotib, jazolandik. "Dinamo" va "Loko" tarkib jihatdan Superligaga davogar" Yangiliklar

Nematilla Qutiboev: "O'yin oxirida diqqatni yo'qotib, jazolandik. "Dinamo" va "Loko" tarkib jihatdan Superligaga davogar"

Pro liga 6-turi doirasidagi "Dinamo" - "Aral" (2:0) uchrashuvidan keyin dastlab nukusliklar bosh murabbiyi Nematulla Qutiboev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Samarqand jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bahs shiddatli o'tdi. O'yin davomida yomon harakat qilmadik. Ammo faqat uchrashuvning oxirida diqqatni yo'qotdik va jazolandik. Gol kiritilgan vaziyatda qarshi hujumga chiqib, qaytishga ulgurmadik. 

Salamat Qutiboevning qaytishi jamoa o'yinini o'zgartirdimi? Tajribali o'yinchining qaytishi, tarkibimizni kuchaytirgani rost, ammo o'tgan mavsum Birinchi ligada ham shu uslubda to'p surgandik. Tan olish kerak, Birinchi liga va Pro liga o'rtasida farq katta, biz hali yana ishlashimiz kerak. Tarkibni bu yil kuchaytira oldik. 

Moliyaviy holatimiz qanday? Bu borada hozircha muammo yo'q, hammasi joyida.

Bu mavsumdagi maqsad? Maqsadimiz – har o'yinda g'alaba uchun kurashish. SHu orqali qandaydir natija qayd etish mumkin.

"Lokomotiv" va "Dinamo" bilan bahsimizni taqqoslasam, ikki o'yinda ham grand jamoalarga qarshi munosib to'p surishga intildik. Aytishim mumkinki, "Dinamo" va "Loko" - teng kuchli jamoalar. Tarkib jihatdan ham ikki klub Superligaga davogar", - deydi Nukus jamoasi bosh murabbiyi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика