So’nggi yangiliklar

19:59Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  16 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  4 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  10 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  6

Nemanya Yovanovich: “Luka Yovich – serb futbolining yangi yulduzi” Yangiliklar

Nemanya Yovanovich: “Luka Yovich – serb futbolining yangi yulduzi”

FIFA kunlari boshlanishi bilan Evropaning barcha terma jamoalari keyingi yil bo'lib o'tadigan qita chempionatiga saralash bahslaridagi ishtiroklarini yanadavom ettirishadi.

2018 yilgi mundialda chakki qatnashmagan Serbiya terma jamoasi ham masuliyatli musobaqaga yo'l olish uchun kurash olib bormoqda. O'zbekistonlik ishqibozlarga tanish bo'lib ulgurgan Nemanya Yovanovich ko'plab yulduzli futbolchilarga ega bu terma jamoa borasidagi ayrim savollarga javob berib o'tdi.

- Birinchi savolim shundan iboratki, Serbiya terma jamoasida Evro-2020 turnirida qatnashish uchun imkoniyati qanday? Boisi, kuchli guruhdan o'rin olgansizlar. Buning uchun Portugaliya bilan kurash olib borishingizga to'g'ri keladi...

- O'zingiz bilasiz terma jamoamizda kuchli va yuqori saviyali futbolchilar yig'ilgan. Ko'rgan bo'lsangiz, Ukraina va Portugaliya bilan yomon o'yin o'tkazmadik. Imkoniyatlarimizni yuqori baholagan bo'lardim. O'ylaymanki ular bizni yakunda maksimal natija va yo'llanma bilan xursand qilishadi. Iqtidorlar talaygina, yosh va tajriba uyg'unlashgan. Faqat, ayrim uchrashuvlarda omad bizdan chinakamiga yuz o'girmoqda. Yaratganning yordami va muxlislarimizning olqishlari ostida Evro-2020ga chiqishimiz mumkin.



- Darhaqiqat, Serbiya terma jamoasi o'tgan yili jahon chempionatida guruhdan chiqishga yaqin kelgandi...

- Judayam kuchli kvartetdan joy oldik. Hamyurtlarim munosib ishtirok etishdi, deb o'ylayman. Ammo, ularga achinishdan boshqa choramiz yo'q. Hali oldinda katta musobaqalar ko'p. Evropa chempionati va jahon chempionati saralash bahslarida termamizga ishonch bildiramiz.

- Madridning "Real" klubi yangi azosi Luka Yovich grand jamoa safida o'z o'rnini topib keta olarmikan? Nima deb o'ylaysiz, u Ispaniyaga ertaroq kelmadimikin...

- Ha, Luka dunyoning eng yaxshi yosh hujumchilaridan biri. Bolaligidan iqtidorini namoyon etib, mamlakatimizning yirik klublaridan biri - "Red Star" jamoasida porlagan. So'ng uni agentlar “Benfika”ga taklif qilishdi. Afsuski, u erda o'zini ko'rsata olmadi. Axir 17-18 yoshli boladan nima ham kutish mumkin? Oxir-oqibat u Frankfurtga yo'l oldi va Bundesligada yuqori saviyadagi hujumchi ekanligini isbotladi. Menimcha, Zidan unga 90 daqiqa imkon bermaydi. Biroq, Yovich vaqt o'tishi bilan “Real” uslubiga moslashib borishiga ishonaman. Menimcha, unga erta emas. SHunday futbolchilar bo'ladiki, murabbiyning ko'rsatmalarini bir zumda ilg'ab oladi. Ayrimlarga esa vaqt zarur. O'ylaymanki, u malum muddat o'tgach o'z mahoratini namoyon qiladi. Bunga bir necha oy yoki, bir mavsumni o'zi etadi. U hali to'liq o'zini ko'rsata olmadi.



- Luka serb futbolining yangi yulduzimi?

- Menimcha, shunday. U o'z ustida ishlashdan to'xtamasa, yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishga qodir. Luka kabi yoshlarning etishib chiqayotgani mamlakat futbolining kelajagi porloq ekanidan dalolat.

- Nima uchundir serb klublarining xalqaro maydonda ishlari unchalik yurishmayapti...

- Bunga biron izoh keltirolmayman. Ammo, o'z vaqtida “Crvena Zvezda” Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lgan. Qaysidir manoda sensaciya qayd etgan. CHunki, usha vaqtda “Milan”, “Manchester Yunayted” qudratli klublar sanalardi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика