So’nggi yangiliklar

19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  0 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  3 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   11 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  10 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  23 13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0

Nemanya Yovanovich: "Agar barcha hujumlardan gol urganimda "Real"da o'ynayotgan bo'lar edim" Yangiliklar

Nemanya Yovanovich: "Agar barcha hujumlardan gol urganimda "Real"da o'ynayotgan bo'lar edim"

Oliy liganing 13- turida “Andijon ” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor ” klubi bilan bellashadi.
Ushbu bahs oldidan “Andijon” jamoasi  xujumchisi, serbiyalik legioner Nemanya Yovanovich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bo'lajak o'yin haqida fikringiz?

- “Bunyodkor ” juda kuchli jamoa. O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri desam ham adashmagan bo'lar edim. Bu jamoaning futbolchilari o'yinni xal etuvchi kuchga ega. Ammo bu futbol va unda kutilmagan xodisalar ham bo'lishi hech gap emas. Uchrashuvni o'z foydamizga xal etishga xarakat qilamiz.

- “Andijon ” jamoasining bir qancha o'yinlari omadsiz yakun topmoqda. Bunga qanday izoh bergan bo'lar edingiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, bu futbol.  G'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq, chiroyli o'yin, guyoki hammasi yaxshi ammo gollarni o'tkazib yubormoqdamiz. Vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Bu hammasi omad etishmasligidan deb o'ylayman. Bo'lajak o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Intensiv mashg'ulotlar va umidimiz so'nmagan. Uchrashuvni yuqori kayfiyat bilan tugatamiz degan umiddaman.

- Oxirgi uyinlardan keyin muxlislar “Andijon ” jamoasi asosan Yovanovich orqali o'yin tashkil etadi. Barcha futbolchi havo orqali to'pni Nemanyaga uzatadi ammo xujum gol bilan yakun topmayapti degan fikrlar bildirmoqda. Bunga munosobatingiz?
- Muxlislarning fikrini doimo hurmat qilaman. Muxlislar gol bo'lishini istasa, ishoning men buni ikki karra ko'proq xohlayman. Ammo maydondagi xarakat va bosim, omad ham katta rol o'ynaydi. O'zimga keladigan bo'lsak, men judayam gol urishni xohlayman. Agarda barcha hujumlar gol bilan yakun topganida men hozir O'zbekistonda emas "Real Madrid"da o'ynagan bo'lar edim.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика