Nemanya Matichga Italiyadan taklif bor
15 sen 2019 18:50
Yangiliklar
Nemanya Matichga Italiyadan taklif bor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirmoqchi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" tayanch yarim himochisining o'zi jamoasini o'zgartirishni istamoqda. Qishki transferlar oynasida uning xizmatlari uchun "Inter" va "Milan" kabi klublar kurash olib borishadi.
Ushbu mavsumda "Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher serbiyalik futbolchini maydonga kam tushurmoqda va asosan Skott MakTomineyga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar