Nemanya Matich faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
12 jan 2020 12:12
Yangiliklar
Nemanya Matich faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Matich klubdan ketishga yaqin turibdi.
"The Sun" xabariga ko'ra, 31 yoshli tayanch yarim himoyachisi MLS klubi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda Bastian SHvaynshtaygerning o'rniga o'rinbosar qidirib yurgan "CHikago Fayr" serbiyalikka yiliga 5 million evro maosh vada qilmoqda.
Qayd etilishicha, kelishuv yaqin vaqtlarda imzolanishi mumkin. Matich uchun ayni damda "Atletiko" hamda "Inter" kabi klublar ham qiziqish bildirishmoqda.
Matich ushbu mavsumda "Yunayted" tarkibida 6 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar