Nemanya Matich faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020
"Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Matich klubdan kyetishga yaqin turibdi.

"The Sun" xabariga ko'ra, 31 yoshli tayanch yarim himoyachisi MLS klubi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda Bastian Shvaynshtaygerning o'rniga o'rinbosar qidirib yurgan "Chikago Fayr" serbiyalikka yiliga 5 million evro maosh vada qilmoqda.

Qayd etilishicha, kelishuv yaqin vaqtlarda imzolanishi mumkin. Matich uchun ayni damda "Atletiko" hamda "Inter" kabi klublar ham qiziqish bildirishmoqda.

Matich ushbu mavsumda "Yunayted" tarkibida 6 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun