Neymar: "Medel kim ekanligini bilmayman, uning so'zlari meni qiziqtirmaydi"
01 apr 2015 10:14
Yangiliklar


Neymar: "Medel kim ekanligini bilmayman, uning so'zlari meni qiziqtirmaydi"
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar CHili va "Inter" yarim himoyachisi Gari Medelni tanimasligini takidladi.
Oldinroq Neymar CHiliga qarshi o'yinda raqib qo'pol harakat qilganini, hakam esa bunga etibor qilmaganini aytgan. Medel esa bunga javoban Neymar maydonda teatr uyushtirayotgani haqida so'zlagan.
"Juda qo'pol o'yin bo'ldi. Bu futbol emas. Agar u bu harakatlarni teatr deb baholasi, unda bu borada boshqa aytadigan gapim yo'q. Medel kim ekanligini bilmayman. U futbolchi ekanidan xabarim bor, ammo uning so'zlari meni qiziqtirmaydi" - deydi Neymar.

Fikrlar