Neymar: "Ispaniya Kubogi finali "Kamp Nou"da bo'lishini istayman"
05 mar 2015 10:51
Yangiliklar
Neymar: "Ispaniya Kubogi finali "Kamp Nou"da bo'lishini istayman"
"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya Kubogi final uchrashuvi "Kamp Nou"da bo'lishini xohlaydi.
Braziliyalik futbolchi bu haqda "Vilyarreal"ga qarshi bu turnirning yarim final javob uchrashuvidan so'ng malum qildi. Luis Enrike shogirdlari 3:1 hisobida raqibni mag'lub etdi, Neymar esa ikki golga mualliflik qildi.
"Final "Kamp Nou"da bo'lishini istar edim. Yana finalga chiqqanimizdan xursandman. "Vilyarreal" - yuqori darajali futbolchilarga ega, kuchli jamoa" - deydi Neymar.
Oldinroq Kataloniya klubi final uchrashuvini "Satyago Bernabeu" stadionida o'tkazishni xohlayotgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" finalda Bilbaoning "Atletiki" bilan kuch sinashadi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar