

Sport.es nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchini yarim yilga ijaraga olishmoqchi edi.
Negredo Barselona safiga qo'shilib ketish qiyin bo'lishini aytib taklifni rad qildi. Bundan tashqari u bu mavsumda ko'rshapalaklar safida YCHLda o'ynab bo'lgan.
Valensiyaga Gari Nevill kelgach hujumchi imkoniyatga ega bo'lishni va Ispaniya terma jamoasi bilan birga Evro-2016ga borishni istamoqda.



