So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Nega turning markaziy o'yiniga VAR jalb qilinmadi? Yangiliklar

Nega turning markaziy o'yiniga VAR jalb qilinmadi?

Bugun Coca-Cola Superligasi bahslari davom ettiriladi.

13-turdan o'rin olgan 2 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi: "Lokomotiv" – "Nasaf" va "Paxtakor" – "Bunyodkor" (har 2 o'yin poytaxtda o'tkaziladi).  

Xabaringiz bor, milliy chempionatimizga VAR tizimi tatbiq etilgach, hakamlikdan norozilar bir muncha ko'paydi. Masalan, Baxtiyor Ashurmatov bu tizim barcha uchrashuvlarni qamrab olishi kerakligini takidladi. Bazilar esa Video Assistant Referee tizimi ishlaydigan o'yinlar ro'yxatini shakllantirishda qaysi asoslarga tayanilishini so'rayapti. Bu ko'pchilikni qiziqtirgani tufayli O'FA hakamlik-inspektorlik qo'mitasi raisi Erkin Baxtiyorov bilan bog'lanib savollarimizga javob oldik.

Termiz va Muborakda Video Assistant Referee tizimi ishlashi uchun sharoit yo'q

Muborak va Termizdagi o'yinlarda hanuzgacha VAR ishlamadi. "So'g'diyona", "Lokomotiv" va "Nasaf" singari jamoalar ishtirokidagi bahslarda 6 bor qo'llanganini inobatga olsak, bu "Surxon" va "Mashal"ga nisbatan adolatsizlikdek tuyuladi. Biroq, barchasi tashqaridan ko'ringanidek emas. VAR mazkur klublarning o'yingohlariga tashrif buyurmayotganiga yagona sabab bor: stadionlarda texnikaning ishlashi uchun etarli sharoit yaratilmagan. Masalan, Termizdagi internet bilan bog'liq muammolar translyaciya sifatiga ham salbiy tasir qilishi hech kimga sir emas.

Video Assistant Referee tizimi ishlaydigan o'yinlar ro'yxati qanday shakllantiriladi?

Bu borada oldindan keskin kurash vada qilayotgan bahslar inobatga olinadi. Joriy mavsumda VAR ishlagan o'yinlar ro'yxatiga etibor qilinsa, bu fikr o'z tasdig'ini topadi. Iloji boricha markaziy uchrashuvlar tanlanadi. Masalan, turnir jadvalida so'nggi o'rinni band qilgan "Andijon"ning peshqadam "Paxtakor"ga qarshi o'yiniga VARni jalb qilishdan mano yo'q. Ammo, elitada qolish uchun "burgutlar"ning asosiy raqobatchisi bo'lib turgan "Mashal" bilan o'yin turning markaziy bahslaridan biri bo'ladi va shu tufayli Video Assistant Referee tizimi tayinlanadi. 

"So'g'diyona" — AGMK bahsiga nega VAR jalb qilinmadi?

Yuqoridagi mantiq asosida fikrlasak, Ulug'bek Baqoev va Mirjalol Qosimov shogirdlari o'rtasidagi o'yinga ham Video Assistant Referee tizimi tayinlanishi kerak edi. CHunki aynan Jizzaxdagi uchrashuv 13-turning markaziy o'yini hisoblanadi (2-o'rin uchun kurashayotgan jamoalar). O'FA hakamlik-inspektorlik qo'mitasi esa Toshkentdagi 2 o'yinni tanlanadi va o'z mantig'iga qarshi borgandek ko'rindi. Biroq...

Xabaringiz bor, 2-davradan etiboran Video Assistant Referee tizimi iloji boricha ko'proq o'yinlarni qamrab olishi vada qilingan edi. Malum bo'lishicha, bu ishga endi yangi texnikalar ham safarbar qilindi. Ular birinchi navbatda sinovdan o'tkazilishi kerakligini ham unutmaslik kerak. O'FA hakamlik-inspektorlik qo'mitasi yangi texniklarni aynan 13-tur doirasida poytaxtda o'tkaziladigan o'yinlar orqali sinovdan o'tkazib olmoqchi. Test jarayonini Jizzaxdagi markaziy bahsda o'tkazish bir qator ehtimoliy noqulayliklarni yuzaga chiqarishi mumkin.

"Qo'qon-1912" nega hech kimni transfer qilmadi?

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика