So’nggi yangiliklar

23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  15 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2

"Nega "Navbahor"ga yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun imkon berildi-yu, ayrim klublarga yo'q?" Yangiliklar

"Nega "Navbahor"ga yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun imkon berildi-yu, ayrim klublarga yo'q?"

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida navbatdagi post qoldirdi.

"Navbahor" futbol klubining Aziz Ibragimov va "Surxon" jamoasidan qarzdorligi mavjud edi. Ular bartaraf qilinmaguniga qadar O'zPFL Davron Hoshimovni ro'yxatdan o'tkazmadi. Avvaliga "Surxon" futbol klubi "Navbahor" pullarini to'lab bergani haqida malumot taqdim etdi. "Surxon" bilan uchrashuv kuni esa Kamoliddin Murzoev Futbolchilar uyushmasining "Navbahor"ga nisbatan shikoyati yo'qligini bildirdi, yani, Ibragimov ham pullarini oldi.

Savol tug'ilishi tabiiy: "Navbahor"ning rossiyalik murabbiy oldidagi 484 ming dollar qarzdorligi-chi? FIFA bu borada Navbahor futbol klubiga vaqt bergan va O'FA manziliga Navbahor uchun transfer oynasini rasman yopish to'g'risida malumot jo'natmagan. Mazkur ish to'liq hal etilmaguniga qadar O'zPFL "Navbahor" uchun taqiq qo'ymaydi.

Qo'shimcha. "Neftchi" Sushkin mojarosidan to'liq qutilgani haqida yozgandik. FIFA kecha klubdan transfer bo'yicha taqiqni rasman olib tashladi. Ammo Farg'ona jamoasining o'tgan yillardan ichki qarzdorligi borligidan kelib chiqib, O'zPFL transfer oynasini "Neftchi" uchun ochgani yo'q. Klubda 31 avgust sanasiga qadar vaqt bor, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика