So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  2 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Nega meni "blok" qildinglar? Nega meni "kommentim" o'chirildi? Yangiliklar

Nega meni "blok" qildinglar? Nega meni "kommentim" o'chirildi?

Teglar :  Championat.asiaSayt
Mana shunday savollar bilan har kuni o'nlab o'quvchilarimiz murojaat qilishadi.

So'nggi paytlarda saytimizda so'kinish, haqorat va janjal ancha ko'payib ketganidan xabardormiz. Bu albatta bizni juda ham qayg'uga soladi.

O'zga yurtda hamyurtlarimiz bir-birini qo'llab kelishadi. Ammo saytda xatto bir viloyat yoki shahardan bo'lib bir-birini hurmat qilmay so'kib kommentlar yozishadi... Bu shunchaki achinarli holat.

Sarlavhaga qaytsak. Championat.asia saytida ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi nega blok bo'ladi?

Saytimizda Foydalanuvchi shartnomasi degan bo'lim bor. Undagi eng asosiy ikkita bo'limni quyida keltiramiz:

3.1. Har bir foydalanuvchi o'zining huquq va majburiyatlariga qatiy amal qilishga majbur. Foydalanuvchi tomonidan Portal sahifalarida amaldagi qonunchilikni buzishga, millatlararo hamda dinlararo nizoni keltirib chiqarishga qaratilgan, irqchilik ruhidagi, shak-shubhasiz yolg'on, haqorat, beadab va axloqsiz xabarlarni o'z ichiga olgan malumotlarni joylashtirish taqiqlanadi. Foydalanuvchi Portaldan turli yoshdagi shaxslar foydalanishini hisobga olishi lozim. Foydalanuvchi SHartnomasining ushbu bandi buzilsa, har bir foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida shaxsan o'zi javobgarlikka tortiladi.
 
3.2. Portal sahifalarida malumotlarni joylashtirayotgan foydalanuvchi, bu malumotlar uchinchi shaxslarni huquqlarini buzsmasligini va uchinchi shaxslarning mulki emasligini kafolatlaydi. SHunday qilib, foydalanuvchi o'zi joylashtirgan malumot, o'zini tutishi, shuningdek sud jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan moliyaviy harajatlar bo'yicha to'liq javobgarlikni va barcha davolarni o'z bo'yniga oladi.

Xalqona qilib aytganda o'quvchi saytda SO'KINSA, boshqa insonni HAQORAT qilsa, qonunchilikka mos kelmaydigan XABARLARni tarqatsa, bitta kommentni bir necha bor turli xabarlar ostiga yozsa o'sha komment o'chiriladi.

Etibor qilsangiz, tepada TANQID qilsa degan jumla yo'q. Yani o'quvchilar futbolchilarni, murabbiylarni va kerak bo'lsa adminlarni ham TANQID qilishlari mumkin. Tanqidni haqorat yoki so'kinish qo'shmasdan yozsangiz hech qachon o'sha komment o'chmaydi!

Saytga turli yoshdagi insonlar, ayollar va yosh bolalar kirishini ham yodda tuting. Masalan, siz sevimli jamoangiz yutqazganidan g'azabdasiz, saytga kirib so'kinib komment yozasiz. Lekin shu ishni oila davrasida qila olasizmi? Ota-onangizni yoki buvingizni yonida sevimli jamoaingiz yutqazsa so'kina olasizmi?

Agar so'kinishlar xaddan ziyod ko'payib ketsa moderatorlarimiz o'sha o'quvchini BLOKlashga majbur bo'lishadi. Ishoning, moderatorlar hech qaysi klub yoki jamoani muxlisi emas. Ular faqat so'kingan yoki haqorat qilgan o'quvchiga jazo berishadi xolos. Ularga kim yutadi kim yutqazadi umuman farqi yo'q.

So'nggi uch oy ichida Buxoro va Namangan viloyat IIB saytdan ikki nafar o'quvchi haqida malumot talab qildi. Yani birovni haqorat va tuxmat qilib yozgan kommenti uchun o'sha ikki nafar o'quvchi qonun oldida javob berdi. Turli NIK ortiga berkinib baribir meni hech kim topa olmaydi deb o'zingiz tanimagan insonni, futbolchini yoki istalgan boshqa odamni haqorat qilish yoki so'kishdan oldin biroz o'ylab oling.

Rossiya saytlarida bemalol o'z fikrini yozishadi u erda bloklashmaydi ham, kommentni o'chirishmaydi ham deydigan o'quvchilarimiz ham bisyor. U erdagi saytlarni biz ham kuzatib boramiz, kommentlarda o'quvchilar so'kinish va haqoratli so'zlarni yozishmaydi. Uning o'rniga qaysidir murabbiyning ishi yoqmayaptimi uning ustidan engil hazil qilishadi, qolganlar ham unga qo'shilishadi. CHiroyli gap bilan ham kuchli tanqid qilish mumkin. SHunday ekan hazil qiling, lekin so'kinmang.

Nega bazi xabarlarni tagida komment yopib qo'yiladi. Ularni tankasi bormi? Yo'q hech kimni tankasi yo'q. Lekin o'sha xabar kommenti ochiq bo'lsa yuzlab o'quvchilar so'kinishi va uning ortidan blok bo'lishini bilgan holda kommentni yopib qo'yamiz. Bu xuddi yomg'ir yog'ishini sezib, narsalar xo'l bo'lishini bilib pana joyga olishdek gap.

Va so'nggi paytlarda eng ko'p berilayotgan savol: Nega bosh murabbiy kelmayapti? Buni faqat o'quvchilar emas jurnalistlar ham ko'p berishmoqda. Lekin bu xuddi aptekaga kirib non qachon keladi deyishdek gap. O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy kelishiga hech qaysi sayt yoki gazeta javobgar emas. Bu savol O'FAga berilishi lozim. Sizlar jurnalistsizlarku deyishingiz mumkin, lekin saytimizda bu borada bir emas bir necha bor maqola yozilganini unutmanglar, O'FA matbuot xizmatiga rasmiy so'rov ham yuborildi. Hozircha biz ham siz kabi faqat kutishga majburmiz.

So'nggi so'z o'rnida siz jurnalistmi, rahbarmi, murabbiymi yoki futbolchimi istalgan odamni so'ka olasiz, buning uchun telefonda 5 soniya vaqt etarli. Lekin o'z dadangiz yoki akangizni birov SO'KSA bunga qanday qaraysiz? TANQID va SO'KINISH degan narsalar mutlaqo turlicha va buni tushunganlar uchun saytimiz eshiklari hamisha ochiq. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика