So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Nega Artur Gevorkyan O'zbekiston tarixidagi eng kuchli legioner? Yangiliklar

Nega Artur Gevorkyan O'zbekiston tarixidagi eng kuchli legioner?

Teglar :  Artur Gevorkyan
Turkmanistonlik futbolchi Artur Gevorkyan bugun rasman O'zbekiston tarixidagi eng sovrindor legionerga aylandi.


Gap shundaki, Artur Gevorkyan to'p tepayotgan "Lokomotiv" jamoasi "Bunyodkor"ning navbatdagi qoqilishidan so'ng muddatidan avval mamlakat chempionligini rasmiylashtirdi.
Davralar oralig'ida "Nasaf"dan "Lokomotiv"ga o'tgan Artur Gevorkyan nihoyat o'zi uchun ko'p yillab kutgan oltin medal sohibiga aylandi.
"Lokomotiv" klubi o'z tarixida ilk marotaba O'zbekiston chempioniligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Artur Gevorkyan birinchi bor O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'ldi.

"SHo'rtan", "Paxtakor", "Nasaf" hamda "Lokomotiv" tarkibida to'p tepgan Gevorkyan uchun bu medal o'zgacha ahamiyatga ega.
Sababi, Artur Gevorkyan bungacha "Nasaf" bilan 3 marta bronza medallariga, 1 marotaba kumush medalini qo'lga kiritgan edi. SHuningdek, O'zbekiston kubogi sohibiga ham aylangan.
O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2014), O'zbekiston chempionatining eng yaxshi legioner futbolchisi (2013, 2014), O'zbekiston chempionati to'purari (2014) ham bo'lgan. Artur Gevorkyan o'zbek klublarining xalqaro maydondagi ilk sovrinini qo'lga kiritilishida ham muhim rolni bajargan va hozirga qadar yagona bo'lib turgan OFK Kubogini "Nasaf" qo'lga kiritishida asosiy sababchilardan biri bo'lgan. O'sha musobaqada Artur Gevorkyan turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Artur Gevorkyan joriy yilning ilk oylarida o'zining hozircha oxirgi bo'lib turgan sovrini O'zbekiston Superkubogiga egalik qilgandi.
Artur Gevorkyan O'zbekistondagi 10 yillik faoliyatining yubiley sanasida nihoyat ko'p yillik orzusiga erishdi. Yani, Gevorkyanda endi bronza, kumush va oltin medallar mavjud. Bu ko'rsatkichga hali hech bir legioner futbolchi erishmagan.

Gevorkyan O'zbekiston klublarida to'p tepib erishishi mumkin bo'lgan deyarli barcha sovrin va medallarni qo'lga kiritib bo'ldi. Gevorkyan qo'lga kiritmagan yagona sovrin bu - OCHL.

Artur Gevorkyan erishgan natijalarni hozirga qadar hech bir legioner futbolchi qayd etmagan.

Artur Gevorkyan shuningdek Gennadiy Krasnickiy klubiga azo futbolchi sanaladi. Turkmanistonlik futbolchi o'zbek klublari safida barcha musobaqalarda 100dan ortiq gol urgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Artur Gevorkyan Qarshining "Nasaf" jamoasi tarixinini yangitdan yaratgan futbolchi sanaladi. Artur Gevorkyan davrida "Nasaf" o'z tarixidagi eng yuqori cho'qqilarni zabt etdi.

OFK Kubogidagi muvaffaqiyatli o'yinlari va yakunda bosh sovrin va turnirning eng yaxshi futbolchisi degan nomga sazovor bo'lish.


"Nasaf" o'z tarixida ilk marotaba ikkinchi o'rin, yani kumush medallariga ega chiqqan va bunda Artur Gevorkyanning xizmatlari beqiyos bo'lganini takidlash lozim. SHuningdek, "Nasaf"ning ketma-ket uch marotaba bronza medallariga ega chiqishida Gevorkyanning xizmatlari katta bo'lgan. O'zbekiston kubogini Qarshiga kelishida Artur Gevorkyan bevosita ishtirok etgan va jamoasining muhim golini kiritgan. O'zbekiston Superkubogi bahsida ham aynan Artur Gevorkyanning yagona goli "Nasaf"ga navbatdagi sovrinni olib bergandi.


"Nasaf" jamoasining tirik afsonasi Zafar Xolmurodovni muxlislar juda yaxshi eslashadi va sog'inishadi. Xolmurodov jamoaning haqiqiy afsonasi va to'purari bo'lgan. Zafar Xolmurodov "Nasaf" tarixidagi eng yaxshi to'purar futbolchi sanaladi. Ammo Xolmurodov faoliyati davomida to'purarlik poygasida peshqadam bo'la olmagan. Muntazam ko'p gollar urib yurgan, biroq to'purarlarga beriladigan "oltin butsa"ni olish nasib etmagandi. Artur Gevorkyan esa "Nasaf" safida ushbu natijaga ham erishishga ulgurgan.

Tan olish kerak, Artur Gevorkyan nafaqat "Nasaf", balki butun O'zbek futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan legioner futbolchi bo'lib qoladi.

O'zbekistondagi 10 yillik faoliyatida Artur Gevorkyan ming-minglab muxlislar muhabbatini qozonishga ulgurdi. Gevorkyan faoliyati davomida ajoyib o'yinlar, benazir harakatlar va o'zgacha uslubdagi nozik didli gollari bilan muxlislar etiborini qozondi.


To'g'ri, joriy mavsumda Artur Gevorkyanning o'yinlarida pasayish kuzatilgani rost. Birinchi navbatda futbolchining yoshi o'tib bormoqda, jismoniy jihatdan avvalgi optimal formaga ega emas. SHunga qaramay Artur Gevorkyan o'z mahorati evaziga istalgan o'yinda birgina harakati yoki zarbasi bilan o'yin taqdirini hal eta olish qobiliyatiga ega.

"Lokomotiv" safida kutilgan yorqin o'yinni ko'rsatmagan bo'lsada, Artur Gevorkyan "Loko" singari oltin medallarga ega chiqishga loyiq edi. Bu ish esa amalga oshdi.

Artur Gevorkyan O'zbek futboli tarixidan muqim joy oldi dedik. "Nasaf" esa alohida mavzu. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Gevorkyan endi "Lokomotiv" tarixidan ham o'rin oldi.

Ajoyib natijalar! Super futbolchi! Haqiqiy afsona!

Ha aytgancha, Artur Gevorkyan o'tgan yilgi intervyusida agarda O'zbekiston chempioni nomini qo'lga kiritsa unda sochini tagi bilan oldirib tashlashga vada bergandi. Davralar oralig'ida "Loko"ga ko'chib o'tgach, uning bu boradagi imkoniyatlari yanada oshdi. O'shanda Gevorkyanga bu vadasini eslatganimda, u men erkakman, gapimni ustidan albatta chiqaman, deya javob bergandi.


Ara nihoyat o'z maqsadi va orzusiga erishdi!

Endi Artur Gevorkyan yangi imijda oltin medalni qabul qilib olishini kutamiz.
SHu fursatda esa Artur Gevorkyanga ajoyib o'yinlari va bir-biridan chiroyli gollari va ayniqsa OFK kubogi uchun yana bir marotaba rahmat aytamiz!

Artur, sen afsonasan! O'zbek futbolidagi eng muvaffaqiyatli, eng sovrindor legioner futbolchi!

SHunday legioner futbolchilar kerak, ko'paysin...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика