So’nggi yangiliklar

14:29"Реал" ва "Барселона" "Манчестер Юнайтед" футболчиси учун курашади  0 14:00"Локомотив" "Динамо" ҳимоячисига жиддий қизиқмоқда  0 13:31"Нефтчи"ни тарк этган футболчи "Навбаҳор"га ўтмоқда  5 13:04"Барселона" етакчисини "Манчестер Сити"га сотмайди  1 12:27Мареска "Челси" ҳужумчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  3 11:59"Андижон" "Сўғдиёна" ва "Нефтчи" ҳимоячиларига кўз тикди  3 11:37"Ливерпуль" Салоҳни "Интер"га қарши ўйин қайдномасига киритмайди  3 11:09"Реал" трансферлари тақдири Винига боғлиқ  5 10:27Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди  40 09:47"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди  13 09:19Слот ва Салоҳ ўртасидаги низода "Ливерпуль" раҳбарияти кимни қўллаб-қувватлаши маълум  2 08:54Суперлига-2025: Иккинчи давранинг энг омадли трансферлари тўққизлиги  3 08:26"Андижон" сардори фаолиятини водийнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  5 08:00Неймар қийин ўтган мавсум ва мақсадлари ҳақида фикр билдирди  0 07:36Неймар ваъдасида турди. "Сантос" сўнгги турда йирик ғалабага эришди ва Элитада ўз ўрнини сақлаб қолди  2

"Neftchi"ning tojikistonlik murabbiyi: "Rustam Yatimov bilan 3 yil birga ishlaganman. Unga ishonardim" Yangiliklar

"Neftchi"ning tojikistonlik murabbiyi: "Rustam Yatimov bilan 3 yil birga ishlaganman. Unga ishonardim"

Tojikiston terma jamoasining Osiyo Kubogida guruhdan chiqqani ko'pchilikning etiborini tortgan edi.

Bu bejiz emasligini qo'shnilar isbotlay olishdi. Kecha ular nimchorak final doirasida BAA terma jamoasidan ustun kelishdi. SHu munosabat bilan "Neftchi" klubida faoliyat olib borayotgan tojikistonlik darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Tojikiston BAA o'yini qanday o'tdi?
- O'yin yuqori tempda o'tdi. Qo'shimcha daqiqalarda yaxshi futbol ko'rsatib g'alabaga haqli ekanliklarini isbotlashdi. Uchrashuvda hisobni ham birinchi bo'lib Tojikiston terma jamoasi ochdi. Rustam Yatimov ham bir nechta vaziyatlarda, penaltilar seriyasida muqarrar goldan qutqarib qoldi. Boshqa futbolchilar ham yuqori saviyada o'yin namoyish etishdi. Murabbiylar bergan ko'rsatmalarni ham yaxshi bajarishdi, deya olaman.

- Terma jamoaingiz Iroq yoki Iordaniyani yutishiga qanchalik ishonasiz?

- Terma jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatib, yarim finalga yo'llanma oladi, degan umiddaman, chunki tojikistonlik futbolchilarning ruhiyati, o'yinga qanday tayyorlashini bilaman. Maydonga oxirgi jangga chiqqandek chiqishadi. Terma jamoada tajribali futbolchilar yig'ilgan. Hozirgi kunda kim ruhiy va taktik tomonlama tayyor bo'lsa, o'sha jamoa yutib ketadi. G'alaba bizning yigitlar tomonida bo'ladi va yangi tarix yaratishda davom etadi.




- Rustam Yatimov bilan ancha yillar birga ishlagansiz. Penaltilar seriyasidagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- Rustam yaxshi darvozabon. U bilan 3 yil birga ishlaganman. O'z ustida ishlaydi. Penaltilar seriyasiga kelsak, ishonsangiz "Neftchi" murabbiylar shtabi bilan o'yinni ko'rdik. Vitaliy Levchenko agar penaltilar seriyasiga boradigan bo'lsak, Rustam 11 metrlik zarbalarni qaytarishini va Tojikiston g'alaba qozonishini aytdi. Oldindan taxmin qildik. Amalda to'g'ri bo'lib chiqdi. Rustamning saviyasini bilardim. Keyingi o'yinlarda unga va terma jamoa azolariga omad tilayman.

- Tojikiston terma jamoasi nimaning evaziga chorak finalga chiqdi?

- Tojikiston terma jamoasida ichki muhit yaxshi ekanligi va murabbiylar shtabi futbolchilarni ruhan tayyorlay olishi, o'yinni nazorat qilishi evaziga keyingi bosqichga chiqdi. Bu erda ko'p narsa ruhiyatga bog'liq. Futbolchilarning ko'zida olov ko'rindi. Jamoa ahilligi va jipslashgani o'z samarasini berdi.

- O'zbekiston terma jamoasi qaysi bosqichgacha bora oladi?

- O'zbekistonda ham munosib avlod yig'ilgan. Yaxshi murabbiylar shtabi faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston va Tojikiston finalgacha etib borsa, nur ustiga alo nur bo'lardi. Ikkita qardosh va qo'shni davlatlar finalda to'qnash kelsa barchamiz xursand bo'lar edik. Ahamiyat bergan bo'lsangiz,  tojikistonlik futbolchilar O'zbekiston bayrog'ini ham boshlarida ko'tarib yurishdi. Bu nimani anglatadi, ikki mamlakat o'rtasida do'stlik rishtalari borligini bildiradi. Lekin bu - futbol. Futbolda oldindan hech narsani aytib bo'lmaydi. O'zbekiston Tailanddan o'tganidan so'ng finalgacha etib boradi, degan umiddaman. Fursatdan foydalanib, saytingiz orqali nafaqat O'zbekistondan, Qirg'iz Respublikasi, Turkmanistondan yaqin tanishlarim tabrik yo'llamoqda. Sizlarning saytingiz orqali har bir tanish, do'stlarim, murabbiylarga rahmat aytgan bo'lardim. Xudo xohlasa, Tojikiston yana yaxshi natijalar ko'rsatadi. Tojikiston, ba pesh.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика