"Neftchi"ning sobiq o'yinchilari "Istiqlol"da
18 jan 2021 22:33
Yangiliklar


"Neftchi"ning sobiq o'yinchilari "Istiqlol"da
Anvar Berdiev boshqaruvidagi jamoa hozirda kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazish orqali, bo'lajak turnirga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Tarkibda etiborga molik o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Xususan ilgari Anvar Berdiev bilan "Neftchi"da birga o'ynagan Farruh Turdaliev, Iqbol Boboxonov, Dilyor Ermatov, Mansur Saidov va Pavel Smolyachenko singari tajribali o'yinchilar ayni damda"Istiqlol" mashg'ulotlarida ter to'kmoqda.
SHuningdek o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Nodir Ashurmatov, Ahror, Rahmatullo O'ktamovlar, Abduxoliq Qurbonov, Elyor Mamasoliev va Sardor Sotvoldiev kabi futbolchilarni ham tarkibda saqlanib qolinganini ham qo'shimcha qilish joiz. Selekciya ishlari hali yana davom etadi.
Mashg'ulotlar chog'ida bosh murabbiy Anvar Berdievga darvozabonlar ustozi Bahodir SHamshiddinov yordam bermoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar