"Neftchi"ning sobiq futbolchisi hakamlikda ish boshladi
13 iyu 2021 10:46
Yangiliklar
"Neftchi"ning sobiq futbolchisi hakamlikda ish boshladi
Viloyatlarda yangi va shu bilan birga yosh hakamlarning bo'y ko'rsatayotganini ko'rish mumkin. Xususan farg'onalik sobiq futbolchi Otabek Haydarov ana shular jumlasidandir.
O'z vaqtida yurtimizda "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Turon" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Ayni damda Farg'ona shahrida o'tkazilayotgan Ayollar o'rtasidagi birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan "Neftchi-W" - "Surxon-W" uchrashuvida bosh hakam vazifani Otabek Haydarov bajarayotganini ko'rish mumkin.
Bundan ko'rinib turibdiki, 30 yoshli sobiq futbolchi endilikda o'z omadini hakamlik sohasida sinab ko'radi.
Malumot uchun Otabek Haydarov yaqinda Farg'onada tashkil etilgan "D" murabbiylik licenziyasi uchun ham o'qigandi.
Fikrlar