"Neftchi"ning sobiq futbolchisi hakamlikda ish boshladi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2021, 10:46
Xabaringiz bor, so'nggi yillarda hakamlik sohasida ham avlodlar almashinuvi yuz bermoqda.

Viloyatlarda yangi va shu bilan birga yosh hakamlarning bo'y ko'rsatayotganini ko'rish mumkin. Xususan farg'onalik sobiq futbolchi Otabek Haydarov ana shular jumlasidandir.

O'z vaqtida yurtimizda "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Turon" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Ayni damda Farg'ona shahrida o'tkazilayotgan Ayollar o'rtasidagi birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan "Neftchi-W" - "Surxon-W" uchrashuvida bosh hakam vazifani Otabek Haydarov bajarayotganini ko'rish mumkin.

Bundan ko'rinib turibdiki, 30 yoshli sobiq futbolchi endilikda o'z omadini hakamlik sohasida sinab ko'radi.

Ma'lumot uchun Otabek Haydarov yaqinda Farg'onada tashkil etilgan "D" murabbiylik licenziyasi uchun ham o'qigandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia