So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 2:0 (матнли трансляция)  39 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

“Neftchi”ni grandlar kutyapti yoxud Sergey Kovshovning omadli starti haqida. Yangiliklar

“Neftchi”ni grandlar kutyapti yoxud Sergey Kovshovning omadli starti haqida.

“Ruxsor” FM radiosining “Futbol kundaligi” dasturi diqqat markazida Vodiy futbol klublarining o'tgan turdagi o'yinlari.

SHunday qilib, 21-tur bahslari ortda qoldi. “Navbahor”dan tashqari barcha Vodiy jamoalari turni g'alaba bilan tugatdi. “Andijon” muxlislarining Sergey Kovshovga bo'lgan ishonchi ortdi. Murabbiy debyut bahsini g'alaba bilan boshladi. “Sog'lom Avlod” stadioni “Andijon”ning g'alabalarini sog'inib qolgandi. Kovshov boshchilidagi andijonliklar 21-turda “Qizilqum”ni taslim etib, kerakli uch ochkoni naqd qilishdi. Sergey Kovshov “Andijon”ni Oliy liga olib qolishning imkoni borligini aytdi. Hozircha murabbiyning starti yomon bo'lmadi. Voqealar rivojini kuzatamiz. Endi “Andijon” yangi murabbiy bilan safarda qanday o'ynaydi ? Mavsumni qay tarzda davom ettiradi? Rostan ham barchasi Gessning ketishi bog'liqmidi? Xullas, Kovshov uchun o'ziga xos sinovli, murakkab davr. 

Farg'onaning “Neftchi” jamoasini jiddiy o'yinlar kutmoqda. Jamoa navbatdagi turlarda mamlakat etakchilarini qarshi oladi. Albatta muhim o'yinlar arafasida g'alaba juda muhim. Farg'onalik futbolchilar bu yilgi mavsumda “So'g'diyona”ga ikkila davrada ham imkoniyat berishmadi. Xullas, Farg'ona klubi og'ir taqvimning eng keskin nuqtasiga yaqinlashmoqda. “Neftchi”ni “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi o'yinlar kutyapti. Ushbu bahslardagi natijalar OCHL masalani hal qilib berishi aniq. Murod Ismoilovga shifokorlar o'yinlarda ishtirok etishga ruxsat berishmayapti. Murabbiyni sog'lig'i borasida muammolar bor.  Hozircha murabbiylik vazifasini Andrey Fyodorov bajarmoqda.  

“Navbahor”ga doimgidek barqarorlik etishmayapti. Namanganliklar ikkinchi davra startini yaxshi boshlashgandi. Biroq keyinchalik hammasi bir tekisda kechmadi. 21-turda “Dinamo” “Navbahor”ni o'z uyida mag'lub etdi. Baxtiyor Ashurmatov Samarqanddagi bahs haqida gapirar ekan, “Navbahor”ga omad etishmaganin aytib o'tdi: Bugun tengkuchli bo'lgan raqiblar o'rtasida o'yin bo'ldi. Har ikki jamoaga ham o'yindan oldin ochko juda zarur edi. Dinamo yaratilgan imkoniyatlarini golga aylantirib, g'alaba qozonishga erishdi. Raqib goli o'yin oxirida kiritilgani uchun bizda javob to'pini kiritish uchun deyarli vaqt qolmagandi. Omad raqiblarga kulib boqdi, - deydi “Navbahor” ustozi. 

“Mashal”ning Vodiy jamoalariga qarshi o'yinlari xal natijalar bilan hotima topmoqda. O'tgan turda “Mashal” klubi “Neftchi”ni mag'lub etgan bo'lsa, Muborak jamoasini keyingi turda Farg'ona viloyatining boshqa bir jamoasi taslim qildi. 

“Ruxsor” radiosi, “Futbol kundaligi” dasturidan. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика