So’nggi yangiliklar

18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  1 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  0 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  17 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  25 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  17 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  21 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  8

"Neftchi": Yoshlarimizdan ishonchli g'alaba! Yangiliklar

"Neftchi": Yoshlarimizdan ishonchli g'alaba!

14 oktyabr kuni “Neftchi” yoshlar jamoasi Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida “Paxtakor” o'rinbosarlariga qarshi maydonga chiqishdi.
Yoshlar ligasi doirasidagi bahsda farg'onalik futbolchilar yirik hisobda g'alabaga erishishdi. Dastlab o'yinda “Neftchi” futbolchisi Abdujamol Isroilov hisobni ochdi. Birinchi bo'lim maydon egalarining hisobdagi kichik ustunligi bilan yakunlandi. Asosiy to'plar esa ikkinchi bo'limda kuzatildi.

Dastlab ikkinchi taym boshida Akobir To'raev vaziyatni tenglashtirdi. Biroq keyingi daqiqalarda “Neftchi” yoshlari ketma-ket to'plar kiritib hisobni yirik ko'rinishga olib kelishdi. Birinchi taymda belgilangan penaltini amalga oshira olmagan Xurshid Asqaraliev ikkinchi bo'limda baribir o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. 2:1. Oradan ko'p o'tmay “Neftchi” yoshlari uchinchi to'pni kiritishdi. Bu safar ham yana o'sha Asqaraliev raqib darvozabonini ranjitdi. SHundan so'ng Bahrom Haydarov ketma-ket o'zgarishlarni amalga oshirdi. Zahiradan maydonga tushgan Sarvar Abdullaev bellashuv so'nggida maydon egalarining to'rtinchi goliga egallik qildi. Yakuniy hisob, 4:1 “Neftchi” g'alabasi!

14 oktyabr, 2016-yil. Qirguli. “Neftchi” SK stadioni.

Yoshlar ligasi. “Neftchi” – “Paxtakor” 4:1 (1:0)

Gollar
: Abdujamol Isroilov 20, Akobir To'raev 46, Xurshid Askaraliev 54, 57, Sarvar Abdullaev 77

“Neftchi”: 30. Sergey Smorodin (45. Abdusattor Obidov 87), 6. Abrorbek Ismoilov (9. Avazbek O'lmasaliev 89), 10. Xurshidbek Asqaraliev (14. Anvarjon Abdulhaqov 79), 11. Otabek Isroilov (7. Sarvarjon Abdullaev 67), 17. Sardor Qulmatov, 18. SHodiyor Xojimatov, 20. Otabek Mahamadjonov, 22. Elomonjon Karimov (32. Mo'minjon Mamurjonov 85), 28. Abdujamol Isroilov, 39. Mirjalol Nematov, 90. Anvarjon Aminjonov.

Zaxira: 45. Abdusattor Obidov, 7. Sarvarjon Abdullaev, 9. Avazbek O'lmasaliev, 14. Anvarjon Abdulhaqov, 24. Husanboy G'aniev, 29. Azamjon Xolmatov, 32. Mo'minjon Mamurjonov

“Paxtakor”: 30. Botirali Ergashev (1. Xojiakbar Jo'raev 80), 5. Sarvar Sattorov (23. SHohzamon Xayrullaev 68), 7. Akobir To'raev (19. Yunusbek Abduvohidov 85), 8. Islom Karimov, 15. Ravshan Husanov, 18. Andrey Sidorov (10. Bilolxon Toshmirzaev 66), 21. Behruz Sadiloev, 22. Georgiy Ahmedov, 26. Oston Urunov, 29. Sobit Sindorov, 34. Ibrohim Yo'ldoshev (38. Oybek Nurmatov 28).

Zaxira: 1. Xojiakbar Jo'raev, 10. Bilolxon Toshmirzaev, 19. Yunusbek Abduvohidov, 23. SHohzamon Xayrullaev, 38. Oybek Nurmatov.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика