So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

"Neftchi": Yoshlarimiz G'uzorda durang o'ynashdi Yangiliklar

"Neftchi": Yoshlarimiz G'uzorda durang o'ynashdi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi yoshlari mavsumning ilk o'yinini G'uzorda “SHo'rtan” o'rinbosarlariga qarshi o'tkazishdi.

Yashil maydonni sog'ingan yoshlar jamoalari o'rtasidagi bahs qizg'in ko'rinish oldi. Bahsda mehmonlar tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Raqib darvozabonini ancha oldinga chiqib ketganini ko'rgan Otabek Isroilov to'pni havolatib darvoza to'riga joylab qo'ydi. SHu tariqa bahsda hisob ochildi. Goldan ruhlangan Bahrom Haydarov jamoasi yana ketma-ket oldinga o'tdi. Gol muallifi Otabek Isroilov shu kuni ancha faol o'ynadi va jamoaning hujumlarida asosiy vazifani bajardi. Birinchi bo'limning o'rtalarida kelib “Neftchi” futbolchisi Islom Toshpo'latov raqib darvozasini ikkinchi marta ishg'ol etishga erishdi. Biroq hakam mazkur vaziyatni o'yindan tashqari holat deya baholadi. 34-daqiqaga kelib g'uzorliklar hisobdagi ko'rinishni o'zgartirishga erishishdi. G'uzor yoshlari hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirishdi. 1:1. Birinchi bo'lim durang bilan tugadi. Ikkinchi bo'limda kurash yanada qizidi va hujumlar xavfli ko'rinish oldi. Ayniqsa ikkinchi bo'lim oxiridi jamoalarda g'alabani ilib ketish uchun bir qator qulay vaziyatlar bo'ldi. Lekin o'yinda boshqa gol kiritilmadi.

Yoshlar ligasi. 1-tur.
3 mart. 2017-yil. G'uzor

“SHo'rtan” – “Neftchi” 1:1
Gollar
: SHaxzod Xursanov 34 - Otabek Isroilov 2

"SHo'rtan": Akmal Rahimov, Mirmuhsin Sattorov, Akrom Bahromov, SHamsiddin Sagdullaev, Islom SHodmonov, G'ulom Rahmonov, Jasur Xolto'raev, Nurali Padarov, SHahzodbek Xursanov, Yusuf Bo'riev, Olimjon Karimov
Zaxira: Jahongir Karimov, SHahboz Jo'raev, Temur Komiljonov, SHohjahon Marufov, SHerbek Eshmurodov, Bahromjon Ro'ziy, Rustam Haydarov

"Neftchi": Ruslan Matniyazov, Abror Ismoilov, Islom Toshpo'latov, Abduqodir Artiqov, Otabek Isroilov, Siroj Ro'zmetov, Mirjamol Nematov, SHodiyor Xojimatov, Jamshid Qobulov, Avaz O'lmasaliev, Elamonjon Karimov
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sarvar Abdullaev, Xurshidbek Asqaraliev, Sardorbek Isoqov, Husanboy G'aniev


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика