So’nggi yangiliklar

14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  0 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  5 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  2 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  24 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  2 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  34 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  20 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  23

"Neftchi": Yoshlarimiz Andijonda o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi Yangiliklar

"Neftchi": Yoshlarimiz Andijonda o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi

Teglar :  NeftchiAndijon
21 yanvar kuni “Neftchi” o'rinbosarlari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishdi.

Bu safar Birinchi liga ishtirokchisi “Andijon” raqib sifatida tanlandi. Safarda bo'lib o'tgan o'yinda Bahrom Haydarov shogirdlari andijonlik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuvda 3:1 natijasi qayd etildi.

O'yin keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tdi. Ayniqsa birinchi bo'limda gol kiritish uchun “Neftchi” yoshlarida bir qator qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo bazi vaziyatlarda futbolchilarimizga aniqlik etishmagan bo'lsa boshqa holatlarda biroz omad kelmadi. Birinchi taymda xar ikkala jamoaga ham gol kiritish nasib etmadi. Umuman olganda, bahsda Haydarov shogirdlari yomon taassurot qoldirishmadi.

Uchrashuvdagi gollar ikkinchi bo'limda kuzatildi. Dastlab  bosh hakam “Neftchi” darvozasiga ketma-ket ikki marta penalti belgiladi. Gollardan o'zini yo'qotmagan “Neftchi” vakillari oldinga o'tishda davom etishdi. Biroq qarshi hujumlarning birinida uchinchi to'pni ham qabul qilishdi. Bahrom Haydarov shu kuni “Neftchi” o'rinbosarlar tarkibida ko'rikda bo'lib turgan bir qator futbolchilarni  sinovdan o'tkazib oldi. Bahs yakunlanib borayotganda “Neftchi” yoshlari tarkibidan Sanjar Qobulov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. 3:1. SHu tariqa bahs yakunlandi.

“Neftchi” yoshlar jamoasi muhim bahslar arafasida bo'lib turibdi. Sababi 27 yanvardan Farg'onada start oladigan “Hokim Kubogi-2017” musobaqasida Bahrom Haydarov shogirdlari ham o'z imkoniyatlarini ishga solishadi.

Yoshlarimiz Andijonda quyida tarkibda o'ynadi.

“Neftchi”: SHuhrat Rahmonov, Mirjamol Nematov, SHodiyor Xojmatov, Husanboy G'aniev, Sanjar Qobulov, Islom Toshpo'latov, Xurshid Asqaraliev, Abror Ismoilov, Sarvar Abdullaev, Elamon Karimov, Otabek Isroilov

Zaxira: Abdusattor Obidov, Azamat Xolmatov, Otabek Muhammadjonov, Avazbek O'lmasaliev, Hamidullo Abdulhamidov, Bahodir Alimov, Mo'min Mamurjonov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика