So’nggi yangiliklar

09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  0 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  7 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1

“Neftchi” va Sarkisyanning qadri, “Lokomotiv”dagi faoliyati, “Muangtong Yunayted”, VAR – Sardor Mirzaev bilan katta intervyu Yangiliklar

“Neftchi” va Sarkisyanning qadri, “Lokomotiv”dagi faoliyati, “Muangtong Yunayted”, VAR – Sardor Mirzaev bilan katta intervyu

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan o'zining 20 yildan oshiqroq faoliyati davomida ko'plab futbochilarni tarbiyaladi va etishtirib chiqardi.

Katta futbolda o'z o'rnini topishida katta hissa qo'shdi. Bugungi suhbatdoshimiz Sardor Mirzaev ham ushbu jamoadagi o'yinlari orqali muxlislar etiboriga tushdi. 2014-2019 yillar oralig'ida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida harakat qilgan mahoratli yarim himoyachi joriy yil boshida Tailand chempionatiga yo'l oldi va “Muangtong Yunayted” bilan shartnomaga imzo chekdi. Futbolchini yaqinda suhbatga chorlab intervyu tashkil qildik.

- Sizni shu davrgacha etib kelishingizda “Neftchi” jamoasining o'rni beqiyos. Yosh bo'lishingizga qaramasdan Sarkisyan sizga imkoniyat berardi. Hattoki, OFK kubogi bahslarida gol ham urgandingiz. Dastlab biroz o'sha davrlarni biroz yodga olsak...

- O'rinli mavzudan gap ochdingiz. Ha, o'sha paytlarni yaqin kunlarda juda ko'p eslayapman. “Neftchi” stadionidagi haqiqiy futbol muhitini sog'indim. Fursatdan foydalanib Yuriy Vazgenovich Sarkisyanga minnatdorchilik bildiraman. Ko'pchilik muxlislar ham shu yaqin kunlarda ko'p bor shonli tarixga ega jamoani zavq bilan tilga olishmoqda.

- Guvohi bo'lganmiz, mutaxassis deyarli legioner xizmatidan foydalanmasdi. Asosan mahalliy iqtidorlarni izlab topardi...

- Gapingizga yuz foiz qo'shilaman. Ko'proq mahalliy yoshlarga ishonch bildirardi. Bu esa yosh futbolchilarga o'zining qirralarini ko'rsatish uchun yaxshim imkoniyat edi.

- Nima deb o'ylaysiz hozirgi kunda “Neftchi”ning avvalgi holatiga qaytishiga Sarkisyan etishmayaptimi? Balki, jamoaga qaytmagan taqdirda ham hurmat izzatini joyiga qo'yib munosib xayrlashishi kerakdir. Ahir uni Farg'onadan o'ta hunuk tarzda haydashgan...

- Fikringizda jon bor. Lekin, hamma narsani o'z vaqti soati bor. O'shanda ketmagan taqdirda ham jamoaga keyinchalik boshqa odamlar kelishi tayin edi. Hammasi g'alati ko'rinishda yakun topgani esimda. Sarkisyandek insonni hurmat qilish kerak deb o'ylayman.

Sardor Mirzaev 17-raqamda


- 2014 yil “Lokomotiv”ga o'tishingiz tavakkal qabul qilingan qarormi yoki uzoqni ko'zlab tutilgan ishmi?

- 2013 yildan so'ng “Neftchi”da ulkan hajmdagi o'zgarishlar amalga oshirildi. Jamoadagi barcha futbolchilar o'zlariga yangi jamoa qidirishga kirishishdi. Ular qatori men ham. O'zimni boshqa jamoada sinab ko'rgim keldi. Birinchi mavsumda “Lokomotiv”ga moslashishda ancha qiynaldim. Jarohatlar ketidan jarohatlar oldim. SHuning uchun kutilgan o'yinni namoyish qila olmadim. Orada yana ijara asosida “Neftchi”da o'ynadim.

- Mashaqqatsiz biror bir narsaga erishish qiyin albatta. Buning ketidan rohat va yorqin kunlar keladi. Keyingi yillarda “temiryo'lchilar”ning muhim va asosiy futbolchisiga aylandingiz. 2015 yil guruh bosiqichi birinchi turida “Al Hilol” darvozasiga uzoq masofadan ajoyib gol urgandingiz. Biroq, yakunda jamoa keyingi bosiqichga chiqa olmadi. Ayb Abramovdamidi yoki futbolchilarda...

- Abramov boshqargan davrlardan yaxshi xotiralar qolgan. Biz chiroyli o'yinlar ko'rsatardik. Natija muhim rol o'ynardi. Aynan natijaga kelganda oqsadik. Muvaffaqiyatsizliklarda barchamiz birdek aybdormiz. Menga Vadim Abramovning uslubi yoqardi.

- 2016 yil “Lokomotiv” uchun sovrinlarga boy tarzda o'tdi. Jamoa Mirko Yelichich qo'l ostida OCHL yarim final ostonasida o'z yurishini to'xtatdi, tarixida ilk bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. Xulosa chiqaradigan bo'lsak avstraliyalik mutaxassisning uslubi va ishi samara berdi...

- Bu bilan Abramovni yomonotliqqa chiqarmayman. SHunchaki, biz keyingi mavsumda xatolarimizdan xulosa chiqardik. Jamoa ham kuchli edi. Jeparov, Kapadze, Maxaradze kabi etakchilarning borligi va ularning tajribasi bizga qo'l keldi deyishim mumkin. Qaysidir bahslarda omad ham keldi. Abramov va Yelichich jamoaga ko'p narsa berdi. Ular bilan bir jamoada ishlaganimdan baxtiyorman.

- Keyingi uch yilda “Lokomotiv”da tarkib bilan bog'liq muammolar bo'lmagan bo'lsada OCHLda guruhda qolib ketaverdi. Futbolchi sifatida qanday izoh bera olasiz?

- Faqat 2018 yilda ochiqchasiga omad bizdan yuz o'girdi. Ko'p bahslarda g'alaba qozona turib mag'lubiyatga uchradik. Masalan, “Al Duhail” bilan ikki uchrashuvda ham kichik hisoblarda engildik. Qolgan yillarda omad emas o'zimizning xatolarimiz evaziga yutqazdik. Yuklatilgan ishonchni oqlamadik.

- “Lokomotiv” jamoasini futbolchilarning o'sishiga xizmat qiluvchi tramplinga o'xshatsak bo'ladimi? Masalan, Oston O'runov, Jamshid Iskanderov avvalgi yillarda esa Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Server Jeparov malum vaqt o'ynagach xorij jamoalariga yo'l olishdi. Bu klubda ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolatmi? Qolgan jamoalarda aytarli bunday holatlar uchramaydi...

- Jamoa oxirgi yillarda haqiqiy tramplin vazifasini bajarmoqda. Ko'plab futbolchilar legioner maqomini olishmoqda. Klub rahbarlari o'yinchilarga shunday imkoniyatni yaratib berishmoqdami, demak “Lokomotiv” to'g'ri yo'lda.


- Mavsumni “temiryo'lchilar” safida boshladingiz. OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan “Istiqlol”ga qarshi bahsda ham ishtirok etdingiz. Tailand varianti qaydan paydo bo'ldi?

- To'g'ri, jamoada qolishim deyarli aniq edi. Kutilmaganda “Muangtong Yunayted”dan taklif kelib tushdi. Koreyadan ham chorlov bo'lishini kutayotgandim. Bari tezda yuz berdi. O'sha kuniyoq uchib ketdim. Legionerga aylanish istagi kuchlilik qildi. U erdagi o'yinlarim orqali o'zbekistonlik muxlislarni mehrini qozonishga harakat qilaman.

- Ko'pchilikning diqqatini tortgan narsa tanishtirish marosimi bo'ldi. Klub tomonidan bunga jiddiy etibor qaratilgani ko'rinib turibdi. O'zimiz bilan solishtirsak er bilan osmonchalik farqni ko'rishimiz mumkin...

- Ha. Ochig'i, hayron qoldim. Bunaqasini hali ko'rmagandim. Hammasi ajoyib va yuqori saviyada tashkil etildi. O'zbekistonda hali tanishtirish marosimlari bunchalik o'tkazilmasa kerak. Tailandda maydonlar, televidenie va translyaciyalar, homiylarning jonkuyarligi bari zo'r. CHempionat bahslarida hakamlar VARdan foydalanmoqda. Hattoki, bir marotaba golimni hisoblashmadi. Bu erda futbol o'ylaganimdanda rivojlanganiga guvoh bo'ldim. SHuningdek, kuchli va jismonan baquvvat legionerlar harakat qilayotganini aytishim joiz.

- Legionerga aylanishingiz kech amalga oshmadimi?

- Hechdan ko'ra kech deyishadiku. CHetda to'p tepish nasib qildi. SHunisiga ham shukur deyman.

- CHetga chiqqandan so'ng baribiz o'zimizning futbol bilan solishtirish imkoni tug'iladi. Tashqaridan qarab futbolimizda qanday ojiz tomonlarini sezdingiz?

- Bizda kuchli futbolchilar ko'p. Hamma narsa sharoitga bog'liq bo'lsa kerak. SHaxsiy fikrim o'zbek futbolining markaziy Osiyoda nufuzi baland.

- Turli yoshdagi terma jamoalarimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qildingiz. Biroq, klubdagiga qaraganda termada o'yiningiz o'xshamadi...

- Ha, hozircha terma jamoa miqyosida o'zimni ko'rsata olmadim. Terma klub emas. Ikkalasi boshqa, boshqa. Milliy jamoada kuchli futbolchilar o'ynashi tarafdoriman. Vatan jamoasi hammamizniki.


- Hozirda karantinda nimalar qilyapsiz? Bo'sh vaqtni o'tkazish qanday bo'lyapti?

- Tailand chempionati sentyabr oyiga qoldirildi. Ungacha to'rt oydan oshiqroq vaqt bor. Bir oy tatil berdi. Vaziyat hamma joyda og'ir. SHu erda oilam bilan o'tiribmiz. Sport formamni ushlab turish uchun uyda mashqlar bajarib turibman. Ramazon oyiga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- SHu paytgacha siz bilan birga o'ynagan futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoangizni tuzganmisiz?

- Darvozada Ignatiy Nesterov, himoyachilar Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, SHuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, yarim himoyada Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Sadriddin Abdullaev, Mansur Saidov, hujumda Marat Bikmaev va Anvar Berdiev. Barcha o'zbekistonlik muxlislarga o'zlarini va oilalarini ehtiyot qilishlarini tilab qolaman. Nasib qilsa yana futboldan zavq olamiz degan umiddaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика