"Neftchi" Turkiyada Polsha va Vengriya klublariga qarshi o'ynaydi
07 jan 2023 20:10
Yangiliklar


"Neftchi" Turkiyada Polsha va Vengriya klublariga qarshi o'ynaydi
Xabaringiz bor, "Neftchi" klubi futbolchilari 6-20 yanvar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.
Futbolchilar bugun Toshkent-Istanbul-Antaliya reysi orqali ko'zlangan joyga etib borishdi va "Royal Signus Kundu" mehmonxonasiga joylashdi.
Ushbu yig'inlar doirasida jamoa 2 o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi aniq bo'lib ulgurgan.
Farg'onaliklar 15 yanvar kuni Vengriyaning "Debrecen" jamoasiga qarshi bahs olib borsa, 19 yanvar kuni Polshaning "Rodomiyak Rodon"iga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar