"Neftchi": Turkiya kundaligi (birinchi kun)

Narzulla Saydullayev
16 fev 2014, 23:06
Xabaringiz bor, Farg'onanining “Neftchi” jamoasi ayni damda Antaliyada navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.
Mazkur yig'indagi eng so'nggi yangiliklarni sizlarga kundalik sifatida etkazib borishga harakat qilamiz.

Toshkentdan Turkiyaga

Ma'lumki, jamoamiz Turkiyaga kelishdan oldin Toshkentda to'plangandi. U yerdagi nazorat uchrashuvida “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berganimiz haqida oldin xabar berib o'tgandik. Ertgasiga tongda Turkiya sari yo'lga chiqildi.

Turkiyadagi yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilar va klub rahbariyati bilan  tanishing:

Futbolchilar:

Darvozabonlar: G'ayrat Hasanov, Sardor Qobuljonov.

Himoyachilar: Dilyorbek Ermatov, Maksimilian Fomin, Jahongir Mehmonov, Aleksandr Kleckov, Igor Petkovich, Vyacheslav Ponamaryov, Iqbol Boboxonov, Sardor Rahmonov.

Yarim himoyachilar: Aziz Alijonov, Saydullo Rahmatov, Javohir Rasulov, Aleksandru Onika, Maruf Murodov, Abdullox Olimov, Umid Qodirov, Otabek Zokirov, Muzaffar Muzaffarov.

Hujumchilar: Ro'zimboy Ahmedov, Zohid Abdullaev, Pavel Smolyachenko, Otabek Isroilov.

Rahbariyat:
Komiljon Mirzaboev (klub raisi)
Murodjon Ismoilov (bosh murabbiy)
Shamil Iseev (katta murabbiy)
Eldar Sakaev (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy)
Vyacheslav Tomilin (darvozabonlar murabbiyi)
Zohid G'ofurov (mamur)
Danil Sapegin (o'qalovchi)
Gennadiy Cherepanov (o'qalovchi)
Abror Dehqonov (matbuot xizmati)

Nosir Otaqo'ziev, David Oniya va Sarvar Abdullaevlar turli sabablarga ko'ra Turkiyaga kela olishmadi.


Uzoq parvoz

Aytish joizki, Antaliyaning Belek shahriga yetib kelgunimizga qadar jamoamiz delagaciyasi  uzoq parvozni amalga oshirdi. Avvaliga Toshkent - Istambul yo'nalishi bo'yicha yo'lga otlangan samalyot mahalliy vaqt  bilan soat 13:15 (Toshkent vaqti bilan 16:15)da “Ota turk” aeroportiga kelib qo'ndi. Turkiyaning eng katta aeroportlardan biri bo'lmish “Ota turk”da besh soat  samalyot kutishimizga to'g'ri keldi. Nihoyat, mahalliy vaqt bilan soat 19:50 (Toshkent vaqti bo'yicha 22:50)da Istambul-Anataliya samalyoti bilan manzilimiz tomonga yo'lga otlandik. Bir soatlik parvozdan keyin nihoyat, 32 kishidan iborat delegaciya a'zolari Antaliyaga yetib keldi.  U yerdan esa Belek shahriga otlandik. Mehmonxonaga kelganimizda soat mahalliy vaqt bilan soat 22:00ni ko'rsatayotgandi.  

“Neftchi”  Turkiyaga yetib keldi

Jamoa  Belek shahridagi International Comfort (IC Honel) mehmonxonasida istiqomat qilmoqda. Mazkur mehmonxona dengiz bo'yida joylashgan.

Bu yerda “Neftchi”dan tashqari bir qator jamoalarni ham uchratish mumkin. Masalan, Moskvaning  SSKA jamoasi o'rinbosarlari, Krasnoyarskning “Enisey”, Chimkentning “Ordabasi” va hokazo.  

Barcha futbolchilarning kayfiyati yaxshi.  Futbolchilarimiz bor kuchlari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz