"Neftchi": Turkiya kundaligi (beshinchi kun)
19 fev 2014 23:43
Yangiliklar
Mana Antaliyaga kelganimizga ham besh kun bo'ldi. Bugun jamoamiz azolari ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Kecha asosiy tarkibda maydonga tushganlar ertalab tranejyor zalida shug'ullanishdi. Qolganlar esa stadionda mashg'ulot o'tkazishdi.
Ertalabki mashg'ulot doimgidek mahalliy vaqt bilan soat 9:30 da (Toshkent vaqti bilan 12:30)da bo'lib o'tdi. Kechki mashg'ulot esa esa mahalliy vaqt bilan15:30 (Toshkent vaqti bilan 18:30)da boshlandi. Mashg'ulotlar davomida futbolchilarning jismoniy va taktik bilimlarini oshirish borasida ishlar olib borilmoqda. Barcha futbolchilarning kayfiyati alo darajada.
Kechagi o'yin haqida ikki og'iz
Kechagi bahsda “Neftchi” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, yomon taassurot qoldirgani yo'q. Ayniqsa, birinchi bo'limda. Faqat vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida mag'lubiyatga uchradik. Bir narsani to'g'ri tushunish lozim, jamoa endi shakllanmoqda. Yangi futbolchilarning bir-birini tushunib olishi uchun biroz vaqt kerak.
Bu holat hatto grand jamoalarda ham ko'zga tashlanadi. SHunday ekan, yakuniy xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. O'ylaymizki, chempionat boshlangunga qadar hammasi iziga tushib ketadi.
Futbolchilar qanday fikrda?
Bugun ham “Neftchi” futbolchilarning yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Aleksandru Onika: “Mehnatlarimiz besamar ketmasligiga ishonaman”
Qisqa fursat ichida muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan moldovalik yarim himoyachi Aleksandru Onika ham boshqa futbolchilar qatori mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilmoqda. Turkiyadagi yig'in haqida Onika qisqacha shunday dedi:
“Neftchi”da yaxshi futbolchilar yig'ilgani ko'rinib turibdi. Jamoadoshlarim bilan til topishib ketishda muammoga duch kelmadim. Mashg'ulotlar ham qiziqarli o'tmoqda. Bu erdagi mehnatlarmiz besamar ketmasligiga ishonchim komil”.
Javohir Rasulov: “Murabbiylar keng ko'lamli ishlarni bajarishmoqda”
Yangi mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilayotgan yosh yarim himochilardan biri Javohir Rasulov ham mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan ishtirok etmoqda.
“Turkiyadagi yig'in biz uchun juda foydali bo'lishiga ishonaman. Murabbiylar shtabi biz kabi yosh futbolchilarning mahoratini oshirish yo'lida keng ko'lamli ishlarni olib borishmoqda. Bu erda ham jismonan, ham taktika borasida toblanib boryapmiz”.

Fikrlar