"Neftchi": Toshkent yig'ini yakunlandi
28 iyu 2014 00:11
Yangiliklar
"Neftchi": Toshkent yig'ini yakunlandi
Murod Ismoilov boshqaruvidagi jamoa bugun so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bo'ldi.
Uchrashuv sinov-nazorat o'yini maqomini olgani uchun jamoalar natijadan ham ko'ra asosiy etiborni o'yin uslubni to'g'ri yo'lga qo'yishga etibor qildi.
“Neftchi” quyidagi tarkibda harakat qildi: Sardor Qobuljonov, Dilyor Irmatov, Ruslan Melzitdinov, Iqbol Boboxonov, Vyacheslav Ponomaryov, Umid Qodirov, Aleksandru Onika, Javohir Rasulov, Akmal Xolmatov, Ro'zimboy Ahmedov Andrey Akopyanc.
Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Abdulloh Olimov, Saydullo Rahmatov, Murodbek Bobojonov, Muzaffar Muzaffarov, Nosir Otaqo'ziev.
O'yinda tomonlarga 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Jamoamizning goliga Ro'zimboy Ahmedov mualliflik qildi.
SHundan so'ng iyd-ramazon hayit bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatga dam berildi. Endi jamoa 29 iyul kuni Farg'onada yig'iladi.
Ikkinchi davraning ilk uchrashuvida o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladigan “Neftchi” 3 avgust kuni bo'lib o'tadigan o'yinga qadar o'z qarorgohida shug'ullanadi.
Fikrlar