"Neftchi" tayyorgarlikni Qirgulida davom ettirmoqda FOTO
25 fev 2016 20:44
Yangiliklar
"Neftchi" tayyorgarlikni Qirgulida davom ettirmoqda FOTO
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi so'nggi tayyorgarlik bosqichini Qirgulida davom ettirayotganini malum qilamiz.
Yaqindagina Toshkent yig'inini yakunlab, qisqa tatilga chiqqan “Neftchi” vakillari 25 fevraldan Qirgulidagi qarorgohda yana mashg'ulotlarga kirishdi. Biroq jamoa ilk mashg'ulotlarni to'liq tarkib bilan o'tkazmadi. Boisi, ayrim futbolchilar hali tarkibga kelib qo'shilishga ulgurishgani yo'q. Tez orada jamoa to'liq holatga keladi. Payshanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda jarohatidan forig' bo'layotgan Mansur Saidov, Jahongir Mehmonov hamda Ilxom Boydedaevlar alohida guruh bo'lib shug'ullanishdi.
Fikrlar