So’nggi yangiliklar

10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  0 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  2 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  3 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  1 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  4 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  10 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  1 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2

“Neftchi” “So'g'diyona”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Neftchi” “So'g'diyona”ni mag'lub etdi

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 21 yanvar kuni Toshkent yig'ini doirasidagi yana bir o'yinda ishtirok etdi.

Bu safar farg'onaliklarga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi raqiblik qildi. Ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Moskva safarida bo'lgani tufayli jamoani katta murabbiy Murod Ismoilov maydonga boshlab tushdi. Jizzax klubiga qarshi bellashuvda Baxtiyor Yoqubov, Ibrohim No'monov, SHerzod Hakimov, Dilyor Irmatov hamda Mo'ydin Mamazulumovlar biroz betob bo'lganliklari uchun ishtirok etishmadi. Sardor Rahmonov esa shaxsiy ishlari sabab bir necha kunga jamoadan ruxsat olgan. O'yin qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi va bahsda farg'onaliklar 4:1 natijasiga ko'ra muvaffaqiyatga erishishdi. Bellashuvda Said Abdujabborov dubl qayd etgan bo'lsa Abdurahmon Abdulhaqov hamda Abbos Maxstalievlar bittadan gol kiritishga erishishdi. Izzatilla Abdullaev ushbu gollarga bir marta javob berdi.

"Neftchi" - "So'g'diyona" 4:1

Gollar: Saidjon Abdujabborov 2ta, Abdurahmon Abdulhaqov, Abbos Maxstaliev - Izzatilla Abdullaev

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Muhsin Ubaydullaev, Husniddin G'ofurov, Furqat Hasanboev, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Muzaffar Muzaffarov, Saidjon Abdujabborov, Nikita Pavlenko, Rizo Ayvazov

Zaxira: O'tkir Yusupov, Sardor Qulmatov, Abbos Maxstaliev, Abdurahmon Abdulhaqov, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov

"So'g'diyona": Muzaffar Abdullaev, Elyor Orifov, Rabbim Hasanov, Sarvar Jo'raev, Doston Abdurahmonov, Azamat Isroilov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Ixtiyor Toshpo'latov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullaev, Suhrob Qobilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sunnatilla Mamadaliev, Akmal Abdurahmonov, G'ulom O'runov, Sarvar Karimov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика