So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Neftchi" sardori sariq olishi, Bobir Abdixoliqov esa to'g'ridan-to'g'ri qizil olishi kerak edi. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

"Neftchi" sardori sariq olishi, Bobir Abdixoliqov esa to'g'ridan-to'g'ri qizil olishi kerak edi. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Superliga. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 27 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 17-turi yakuniga etdi. O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Metallurg" - "Dinamo" to'qnashuvi: mehmonlarning goli.

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvining 45+1-daqiqasida mehmonlar hisobni ochdi. Bosh hakam Nayim Qosimov o'yindan tashqari holat qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlarning 9-raqamli hujumchisi o'yindan tashqari holatda bo'lgan. Ammo u to'p uchun harakat qilmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.



2-vaziyat. "Neftchi" - "Olimpik" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.

"Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvining 10-daqiqasida mehmonlar jarima maydoni ichida maydon egalarining 20-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 18-raqamli futbolchisining qorin qismiga zarba berdi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov futbolchini og'zaki ogohlantirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda farg'onaliklar vakili raqibiga nisbatan atayin qo'pol harakat qilgan. Mazkur holatda futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.



3-vaziyat. "Lokomotiv" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvining 51-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. To'p toshkentliklar jarima maydoniga uzatilgandan so'ng u nominal mezbonlar vakilining qo'liga tegdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachining qo'li notabiiy holatda turibdi. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



4-vaziyat. "Nasaf" - "Andijon" qarama-qarshiligi: qizil kartochka.

"Nasaf" - "Andijon" uchrashuvining 76-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi andijonliklarning 19-raqamli azosining oyog'iga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam Asker Najafaliev futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan atayin qo'pollik ishlatgan. Bu kabi hollarda futbolchi ehtiyotsizligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto'g'ri ekanini malum qiladi.



5-vaziyat: "Bunyodkor" - OKMK o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Bunyodkor" - OKMK uchrashuvining 59-daqiqasida nominal mezbonlar jarima zarbasiga ega bo'ldi. To'p jarima maydoniga uzatilgach, olmaliqliklarning 9-raqamli futbolchisi elka qismiga tekkan. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlar futbolchisi to'p uchun kurashgan va to'p uning elka qismiga tekkan. Bu kabi hollarda uchrashuv davom ettirilishi lozim. O'z-o'zidan penalti belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya bosh hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика