"Neftchi" qoidabuzarlik evaziga gol urdi, "Dinamo" foydasiga esa penalti belgilanmadi. Superliganing 29-turida hakamlik tahlili
25 noy 16:21
Yangiliklar
"Neftchi" qoidabuzarlik evaziga gol urdi, "Dinamo" foydasiga esa penalti belgilanmadi. Superliganing 29-turida hakamlik tahlili
❌ "Surxon" - OKMK
"Surxon" o'yinchisi to'pni o'zidan uzoqlatshtirib yubordi, so'ngra oqibatini o'ylamay raqibi bilan yakkakurashga kirishdi. U raqibining to'pig'iga qo'pol tarzda urildi, bu ehtiyotsiz fol hisoblanadi. To'g'ri qaror – sariq kartochka ko'rsatish.
✅ "Paxtakor" - "Nasaf"
"Paxtakor" o'yinchisi to'pni oldinga tashlab, "elkama-elka" engil teginishni his qildi va o'z ixtiyori bilan maydonga yiqildi. Bu holatda tezlik yo'q edi, oyoqlarda ham hech qanday to'qnashuv ko'rinmadi. Hakam penalti belgilashda xatoga yo'l qo'ydi. Ammo VAR to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga chaqirdi. Shundan so'ng hakam o'zining dastlabki qarorini o'zgartirdi.
✅ "Paxtakor" - "Nasaf"
Hakam epizodni to'g'ri baholab, golni inobatga oldi. "Paxtakor" hujumchisi qo'llarini oldinga cho'zgan bo'lsa-da, bunda yaqqol turtish harakatini amalga oshirmadi. Bu mutlaqo oddiy o'yin paytidagi to'qnashuv (kontakt) edi.
✅ "Andijon" - "Xorazm"
Berilgan rakurslardan kelib chiqib, hakam yordamchisining xato qilganini tasdiqlab bo'lmaydi. To'p uzatilgan paytda "Andijon" o'yinchisi "Xorazm" himoyachisi bilan bir chiziqda turgan bo'lishi ehtimoli bor. To'g'ri qaror – golni inobatga olish.
✅ "Andijon" - "Xorazm"
Fikrimizcha, hakam epizodlar tizimini to'g'ri baholadi va faqat bitta sariq kartochkani "Xorazm" jamoasi o'yinchisiga istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun ko'rsatdi. To'g'ri, u "oxirgi" himoyachi edi, biroq darvozagacha bo'lgan masofa ancha uzoq bo'lgani sababli, bu epizodni "gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish" deya baholab bo'lmaydi. Ikki o'yinchi o'rtasidagi to'qnashuv haqida aytadigan bo'lsak: unda sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlarning alohida belgilari yo'q, shu bois bizningcha, og'zaki ogohlantirish berilgani etarli.
❌ "Neftchi" - "Qizilqum"
"Neftchi" o'yinchisi to'pni qabul qilayotganda, shubhasiz qo'li bilan o'ynab gol urdi. To'g'ri qaror – himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba berilishi kerak. VAR bunday holatlarga albatta aralashishi shart.
✅ "So'g'diyona" - "Bunyodkor"
Bizning fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qilib, "So'g'diyona" foydasiga penalti belgilamadi. Mavjud takrorlardan ko'rinishicha, oyoqlarda teginish holati kuzatilmaydi. Hatto ozgina tegish bo'lgan taqdirda ham, bu yiqilishga sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilash va "So'g'diyona" o'yinchisiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatish. VAR esa vaziyatga noto'g'ri aralashdi.
✅ "So'g'diyona" - "Bunyodkor"
"Bunyodkor" o'yinchisi to'pga o'ynagan. Hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi. Gol qoidalarga muvofiq urildi.
❌ "Dinamo" - "Qo'qon-1912"
"Dinamo" o'yinchisi to'pga intilgan. "Qo'qon-1912" himoyachisi esa, o'z navbatida, to'pga tegmasdan raqibining oyog'iga zarba bergan. Fikrimizcha, to'g'ri qaror – penalti belgilash. Hakam xatoga yo'l qo'ydi.
Shu tariqa, Superliganing 29-tur o'yinlarida hakamlar uchta xatoga yo'l qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar