So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   11 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

"Neftchi" qishki pauzada qanday o'zgardi: To'raev murabbiy, Jaloliddinovning kelishi, Norchaev va RPL sobiq o'yinchisi Yangiliklar

"Neftchi" qishki pauzada qanday o'zgardi: To'raev murabbiy, Jaloliddinovning kelishi, Norchaev va RPL sobiq o'yinchisi

"Neftchi" o'tgan mavsum ko'plarni hayron qoldirdi.

Jamoa uzoq vaqt davomida mag'lubiyatsiz odimladi va hattoki chempionlik uchun ham davogarlik qildi, ammo yakunda faqatgina beshinchi o'rinda qoldi.

Farg'onaliklar 2024 yilgi mavsumga qanday holatda kelishdi? SHu haqda gaplashamiz.


Tarkib va transferlar

"Neftchi" mavsumlar oralig'idagi transfer bozorida jiddiy ishladi. Jamoaga quyidagi o'yinchilar keldi:

Darvozabon Sanjar Quvvatov ("Paxtakor");

Darvozabon Botirali Ergashev (OKMK);

Himoyachi Manuchexr Safarov ("Lokomotiv");

Himoyachi Boyan Ciger ("Kedax", Malayziya);

Himoyachi Xurshid Muxtorov ("Turon");

Yarim himoyachi Jasur Jalodiddinov ("Olimpika"dan);

Yarim himoyachi Javohir Qahramonov ("So'g'diyona");

Yarim himoyachi Ketelin Karp ("UTA Rad", Ruminiya);

Yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv");

Yarim himoyachi Bilol Toshmirzaev ("Turon");

Hujumchi Mixay Roman ("Petrolul", Ruminiya);

Hujumchi SHoxruz Norxonov ("Buxoro");

Hujumchi Husayn Norchaev ("Alaniya", ijara);

Hujumchi Behruz Oblaqulov ("Mashal");

Hujumchi Nsungusi Effiong ("Kyoge", Daniya).



Ko'rib turganingizdek, jamoaga ko'plab yangi o'yinchilar keldi. Ammo, ko'p miqdordagi o'yinchilar jamoani tark etishdi ham – ular orasida SHarof Muhitdinov ("Nasaf"), Ulug'bek Hoshimov ("Surxon"), Umar Adhamzoda ("Paxtakor"), Tomislav Mrchela ("Rudes", Xorvatiya), Giorgi Nikabadze ("Navbahor"), Bachana Arabuli ("Kyonnam", Janubiy Koreya), Izzatilla Abdullaev ("Lokomotiv"), Sunnatilla Abdullajonov ("Andijon"), Nodir Nematxonov ("Surxon"), Aleksey Larin, Lutfulla To'raev (faoliyatini yakunladi), Fozil Musaev,, Vladimir Nazarov ("Surxon") bor.

Katta yo'qotish sifatida Vladimir Nazarov va Umar Adhamzodani ko'rsatish mumkin. Ammo, ularning o'rniga darajasi ulardan past bo'lmagan o'yinchilar keldi – Sanjar Quvvatov va Jasur Jaloliddinov.

"Neftchi"ning deyarli har bir yangi o'yinchisi katta qiziqish uyg'otadi. Ketelin Karp uzoq vaqt Rossiyada o'ynagan (RPL va MFL klublari), Husayn Norchaev "Alaniya"dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng O'zbekistonga qaytdi, Boyan Ciger esa bir necha yil davomida "Navbahor"da o'ynagan. O'zbekistonda o'ynamagan va mahalliy futbol muxlislariga notanish bo'lganlar ham bor – Nsungusi Effiong (u uchun turli manbalarga ko'ra, 25dan 125 ming evrogacha pul to'lashgan) va Mixay Roman.

"Kelish" va "ketish" transferlarini hisobga olsak, "Neftchi" umumiy olganda tarkibni kuchaytirdi.


Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari

"Neftchi" Turkiyada ikkita yig'in o'tkazdi – 7-27 yanvar va 1-22 yanvar. Jamoa bu vaqt davomida 12ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi:

"Neftchi" - "Xemstede" (Niderlandiya) – 0:0

"Neftchi" - "SKA-Xabarovsk" (Rossiya) – 1:1

Gol: Jaloliddinov.

"Neftchi" - "Leningradec" (Rossiya) - 1:0

Gol: Qodirqulov.

"Neftchi" - "Elimay" (Qozog'iston) - 0:3

"Neftchi" - "Lexiya" (Polsha) - 0:1

"Neftchi" - "Axmat" (Rossiya) - 0:1

"Neftchi" - "Jetisu" (Qozog'iston) - 3:1

Gollar: Norchaev (dubl), avtogol.

"Neftchi" - "Kolxeti-1913" (Gruziya) - 2:0

Gollar: Roman, Toshmirzaev.

"Neftchi" - "Sochi" (Rossiya) – 1:0

Gol: Norchaev.

"Neftchi" - "Sochi" (Rossiya) – 2:2

Gollar: Jaloliddinov, Oblaqulov.

"Neftchi" - "Tyumen" (Rossiya) - 2:1

Gollar: Norxonov, Gulyamov.

"Neftchi" - "Atirau" (Qozog'iston) – 1:1

Gol: Norchaev.



"Neftchi" mavsumoldi o'yinlar doirasida beshta g'alaba, uchta mag'lubiyat va to'rtta durang qayd etdi. Natijalarda ko'rib turganidek, farg'onaliklar yig'in so'nggida formani yig'ib olishgan: oltita o'yinda to'rtta g'alabaga erishilgan, ikki bor durang qayd etilgan.


Murabbiylar shtabi va klub rahbariyatidagi o'zgarish

"Neftchi" tizimidagi yagona o'zgarish Lutfulla To'raevning murabbiylar shtabiga kirishi bo'ldi. 35 yoshli futbolchi o'zining ajoyib faoliyatini yakunladi va endilikda Vitaliy Levchenkoga yordam beradi.



Boshqa malumotlar

Faqatgina fevral oyining oxiriga kelibgina "Neftchi"dan transfer taqiqi olib tashlandi. Farg'onaliklarning sobiq o'yinchilar oldida qarzlari bor edi, shu sabab ularga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tish taqiqlangandi. Ammo, klub baxtiga bu masala hal etildi.

"Neftchi"ning yangi mavsumdagi texnik homiysi adidas bo'ladi. Farg'onaliklar o'tgan yili Jako firmasi tomonidan tayyorlangan liboslarda harakat qilishgan.



"Neftchi"ning 2024 yilgi mavsumdagi taxminiy tarkibi:

Katta ehtimol bilan Superliganing ilk turlarida "Neftchi"da shunday tarkibni ko'ramiz: Quvvatov, Safarov, Ciger, Jo'raboev, Muxtorov, Karp, Gulyamov, Jaloliddinov, Kaxramonov, Norchaev, Nsungusi (4-2-2-2).



Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика