So’nggi yangiliklar

23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  0 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  25 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0

"Neftchi" PFK matbuotdagi asossiz yangilik va mish-mishlarga etibor bermasliklarini so'raydi Yangiliklar

"Neftchi" PFK matbuotdagi asossiz yangilik va mish-mishlarga etibor bermasliklarini so'raydi

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi joriy yilning 5 yanvar sanasidan Oliy liga-2017ga ikkinchi tayyorgarlik bosqichini boshlaydi.

Malumot o'rnida, bugun jamoaning 25 nafar azosi Toshkent shahridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Jamoa safida yangi futbolchilar ham bor. Bu borada navbatdagi yig'in start olgandan so'ng malumot beramiz.

Takidlash o'rinliki, so'nggi paytlarda matbuot sahifalari jamoamizdagi o'zgarishlar xaqida turli-xil qarashlar bilan malumotlar chop etmoqda. "Neftchi" PFK o'z muxlislaridan matbuotdagi asossiz yangilik va mish-mishlarga etibor bermasliklarini so'raydi. Oliy liga-2016dagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng klub rahbariyati tomonidan yangi mavsumda yuqori o'rinlar va ko'rsatkichlarni qayd etish maqsadida, CHempionat-2017 uchun navbatdagi istiqbolli reja tuzib chiqilmoqda. Albatta mavsumlar oralig'ida jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirishga jiddiy etibor qaratiladi. Tabiiyki, bu orada jamoa safida o'zgarishlar kuzatiladi.  

Aytish kerakki, oradan ko'p o'tmay yani, 6 yanvar kuni "Neftchi" Bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Moskvadan klub ixtiyoriga qaytib keladi va shundan so'ng jamoaning yangi mavsumdagi maqsad hamda rejalari borasida batafsil rasmiy malumot beramiz.

"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика