So’nggi yangiliklar

21:19"Қайрат" ўзининг илк Чемпионлар Лигасида қанча ишлаб олди?  2 20:51БАА. "Ал Батеҳ" дуранг ўйнади, Азизжон Ғаниевдан гол!  1 20:37Интернетда "Реал"нинг келаси мавсум учун формаси тасвирлари пайдо бўлди  4 20:10"Лочин" 5 нафар футболчи билан шартнома тузди  0 19:48"Сўғдиёна" Шимолий Македония жамоасини ишончли ҳисобда ютди  1 19:20"Нефтчи" Болгария жамоасига имкониятни бой берди  0 18:59Жамшид Саидов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам қизиқарли мавсум бўлади"  2 18:34"Монако" Погба билан шартномани муддатидан олдин бекор қилиш имкониятини кўриб чиқмоқда  3 18:06"Арсенал" собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин  17 17:45Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ" 5:1 ҳисобида ютди, "Қўқон-1912" U-21 мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  3 17:24"Ғазалкент" назорат учрашувида Қирғизистон клубини мағлуб этди  1 16:58Клаттенбург: "Дарвозабонни тўсиб қўйишга қарши янги қоида керак"  3 16:30Ҳаммаси 1-тур ҳақида  3 16:04"Сурхон" Россия жамоаси устидан иродали ғалабага эришди  8 15:35"Насаф" Бобир Абдихолиқовнинг голи эвазига Россия жамоасидан устун келди  3

"Neftchi" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida malumotlar Yangiliklar

"Neftchi" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida malumotlar

Teglar :  NeftchiPaxtakor
Oliy liganing 25-turida ishqibozlar chempionatimizdagi eng keskin qarama-qarshilikka guvoh bo'lishadi.

Bu jamoalar oliy liga tashkil etilganidan boshlab uni tark etmagan uch klubning ikkisi sanaladi. Ular o'rtasidagi o'yinlar hamisha o'ziga xos principial to'qnashuvga aylanib kelgan. "Paxtakor" to'liq tarkib bilan tayyorgarlikni chorshanba kunidan boshladi. Terma jamoaga chaqirilgan 7 nafar futbolchi kechadan mashg'ulotlarga qo'shildi.

Uchrashuvni jamoamiz himoyachilari Davron Hoshimov va Adnan Oraxovac diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborishadi.

Qarama-qarshilik
Oliy ligada jamoalar 49 bor to'qnash kelishgan. 23 uchrashuvda "Paxtakor", 19 bahsda "Neftchi" g'olib chiqqan. 7 o'yin durang bilan tugagan. Jamoamiz 81, farg'onaliklar 65 to'p kiritishgan. Farg'onadagi bellashuvlarning 14tasida mezbonlar ustun kelgan bo'lsa, 5 martadan durang va jamoamizning muvaffaqiyati kuzatilgan.

O'yin rasmiylari
Bahsda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Joriy mavsum u "Nasaf" bilan bahsni boshqargan va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangandi.

"NEFTCHI" - "PAXTAKOR"
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev (Buxoro), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Obid Jumaev (Navoiy), Akmal Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
PFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 14 oktyabr, juma kuni 15:00da Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini esa Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida 16:00da start oladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика