"Neftchi" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar
13 mar 2016 14:50
Yangiliklar


"Neftchi" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar
Eng ko'p: "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvida bosh hakam Ravshan Ermatov jami cho'ntagidan etti marotaba sariq kartochkani olishga majbur bo'ldi. Ogohlantirishlar soni bo'yicha "Vodiy derbisi" 2- turda birinchi o'rinni egalladi.
Eng ko'p: Farg'onadagi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Istiqlol" o'yingohiga ikki jamoa tomonidan jami 18278 nafar muxlis kirdi. Bu ikkinchi turdagi eng yaxshi natija hisobalanadi.
1- Joriy mavsumda birinchi marotaba safarda mag'lub bo'ldik.
2- "Navbahor" ikki yildan buyon ketma-ket chempionatning dastlabki ikki uchrashuvida g'alaba qozona olmadi. "Neftchi"ga qarshi o'tgan o'yin tomoshabinlar to'plash bo'yicha joriy mavsumdagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatgichni namoyish qildi. "Neftchi" Oliy liga 2- turida o'z maydonida g'olib bo'lgan ikkinchi jamoaga aylandi. Fyodorov shogirdlaridan tashqari faqatgina "Paxtakor" mazkur turda o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi.
3- "Neftchi" maydonida o'tgan so'nggi uch qarama-qarshilikning barchasi farg'onaliklarning bir xil 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.SHuningdek "Neftchi" futbolchisi SHerzod Hakimov ham "Vodiy derbisi"dagi gollari sonini uchtaga etkazdi.
4- Mazkur uchrashuvda to'rt o'yinchimizga bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi. 1:0 hisobi Oliy liga ushbu mavsumida to'rtinchi marotaba qayd etildi. Darvozabonimiz Akmal Ortiqov o'z darvozasidan to'tinchi bor to'p olib chiqdi.
5- Besh yildan buyon "Neftchi" maydonidan "Navbahor" ochkosiz qaytmoqda. Bundan tashqari "navbahorchilar" besh yildan buyon Farg'onada gol ura olishmayapti.
6- O'zbekiston chempionati amaldagi mavsumida endilikda ogohlantirilgan futbolchilarimiz soni oltitaga etdi (A. Rajabov, D. Jabborov, O. Pishur, G'ulomxo'jaev, A. Rahmatullaev, T. SHamsitdinov). SHuningdek amaldagi mavsumda O'zbekiston chempionatida 2- turdan so'ng g'alaba qozonmagan jamoalari oltitani ("Navbahor", "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Mashal", "Andijon", "Olmaliq")tashkil etmoqda.
7- "Neftchi" - "Navbahor" o'yinida jami etti futbolchi ogohlantirildi.
10- Hozircha "Navbahor" chempionatda safar o'yinlarida g'olib bo'lmagan o'n jamoadan biri bo'lib turibdi.
11- "Navbahor" ushbu uchrashuvdan so'ng hozircha o'n birinchi pog'onani band qilib turibdi.
12- "Neftchi" maydonida o'n ikki yildan buyon "Navbahor" g'alaba qozona olmay kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar