So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Neftchi muxlislar klubi hozir mavjudmi? Yangiliklar

Neftchi muxlislar klubi hozir mavjudmi?

Teglar :  Neftchi
Sarlavhadagi savol juda qiziq. Aslida, u berilmasligi kerakdek. CHunki hozir O'zbekiston chempionatida ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalarning muxlislar klubi bor.

Bu ishqibozlar nafaqat o'z maydonlarida kechadigan, balki safarda o'tkaziladigan uchrashuvlarda ham jamoalarini qo'llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu esa, tabiiyki, oliy liga saviyasini oshirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Axir futbol muxlis uchun, muxlis esa futbol uchun emasmi? SHunday ekan, Farg'onada ham muxlislar klubi bor. Ammo...

ORTDA QOLGAN TARIX

Farg'onalik muxlislar har doim o'zbek futbolida o'z o'rinlariga ega bo'lib kelishgan. Vaqti kelganda, ular hatto ancha-muncha safar o'yinlarida ham ishqibozlik masalasida mezbonlarni uyaltirib qo'yishgan. Bir eslang, Neftchi muxlislari o'tgan yili Bunyodkor va Paxtakorga qarshi kechgan safar o'yinlarida jamoani qay tarzda qo'llab-quvvatlashgandi... O'shanda poytaxt stadionlarida mezbon jamoa muxlislaridan ko'ra farg'onaliklar ko'proq yig'ilgandek tuyulgandi.

Neftchi ishtirokidagi o'yinlar payti stadionda kuzatilgan anshlaglarni-ku aytmasa ham bo'laveradi. Farg'onada futbolni har doim yaxshi ko'rishgan. Ha, Neftchining o'zbek futboli bayroqdori maqomini topshirganiga ham ancha bo'ldi. SHunga qaramay, hech bir mavsumda muxlislarsiz qolib ketmadi. Jamoa nechanchi o'rinni egallashidan qatiy nazar, ashaddiy ishqibozlar har doim stadionga kelishgan. Ammo mana shu fidoyi ishqibozlar uchun sharoit etarlicha yaratib berilganmi? Quyida aynan shu masalaga etiboringizni qaratmoqchimiz.

MUXLISLAR HAQIDA

Ochig'ini aytay, o'zim ham Neftchi klubi muxlislar klubida bo'lganman. Sevimli jamoam uchun astoydil, berilib ishqibozlik qilganman. Fan-klub azolari bilan ilk marta Istiqlol stadionida - Neftchi va So'g'diyona klublari o'rtasida kechgan bahs oldidan tanishgandik. To'g'risi, ularning har biri bilan darrov do'stlashib ketganmiz. Ahil va samimiy insonlar. O'shanda muxlislar klubiga oilaviy azo bo'lgandik - dadam, akam va amakim. Yaqinlaring bilan birga stadionga borish va sevimli jamoangni qo'llab-quvvatlash - ulkan baxt. Lekin har qanday baxt ham to'kis bo'lganida tatir ekan. Muxlislar klubiga azo bo'ldig-u, u erdagi muammolarni his qilib ko'rdik.

MUAMMOLAR


Muxlislar klubiga azo bo'lganimiz zahoti bir narsa sezilib qolgandi - klub bilan bog'liq muammolar juda ko'p edi. Yuqorida oliy ligadagi deyarli barcha jamoalarda fan-klub azolari ko'plab imtiyozlarga ega ekanliklari xususida so'z yuritdik. Aslida, buni imtiyoz deb ham bo'lmaydi, ammo mana shu kichik jihatlar klubni ommalashtirishda qo'l kelishi turgan gap. Hozir chipta, transport, banner va hokazolar muxlislar klubining ajralmas qismi bo'lib qolgan va bazi jamoalarda bu holat yaxshigina anana darajasiga ko'tarilib ulgurgan. Biroq ayni shu masalada Neftchidagi ishlar ancha boshqachaligini aytsam, hayron bo'lmang.

Muxlislik masalasi boshqa klublarda har qancha ravnaq topishi mumkin, ammo Neftchiga kelganda o'zgaradi. Siz Bunyodkor yoki Andijon klublari o'rtasida kechayotgan uchrashuvni tomosha qilsangiz, do'mbira va karnay-surnay ovozi muxlislar bilan basma-bas chiqishini ko'p bora kuzatgansiz. Bu ham ishqibozlikka o'zgacha ruh olib kiradi, kayfiyatni ko'taradi. Ammo Neftchida xuddi shu masalada ishlar mutlaqo o'zgacha - stadionga baraban yoki truba olib kirmoqchi bo'lsangiz, katta tavakkalga qo'l urgan bo'lasiz. CHunki Istiqlol stadionida bunday uslubda sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlash taqiqlangan. Arenaga tashrif buyurishdan avval bunday odatlaringizni uyga tashlab kelishingizga to'g'ri keladi. Aks holda, muammolarga duch kelishingiz turgan gap.

Ha, yana Neftchining ashaddiy muxlisi bo'lsangiz, Istiqlol stadioniga kirish uchun har safar chipta sotib olishingiz lozim. CHunki boshqa joylardagidek bu erda muxlislar klubi azolariga bepul chipta taqdim etilmaydi. Toshkent, Andijon, Jizzax yoki Buxoroda shundaydir, biroq Farg'onada vaziyat ancha o'zgaradi. Muxlislar klubi - shunchaki, 15-20 kishidan tashkil topgan bekorchilar guruhi emasligini hech kimga tushuntira olmaysiz.

TERMA O'YINI

CHiptani qo'ya turaylik, muxlislar klubi bilan bog'liq tashkilotchilik borasidagi oddiy masalalarni hal qilish ham katta muammo. CHunki klubda hech qanday rasmiy maqom yo'q. Farg'onadagi muxlislar klubining sobiq rahbari Abdurahim aka buning uchun ruxsat berilmayotganini ko'p marta takidlagan edilar. SHu sababli, bizda hatto muhr ham yo'q. Qaerga bormaylik, muhrlangan hujjat talab qilishadi. Oliy ligadagi bir qator jamoalarning muxlislar klubi alohida tashkilot darajasiga chiqib ulgurgan. Ammo Farg'onada bunday holat guvohiga aylanmaysiz. Bu erda ishlar boshqacha yo'lga qo'yilgan.

Albatta, futbolni yaxshi ko'radigan ashaddiy ishqiboz sevimli klubi uchun o'z yonidan pul sarflab, muxlislik qilishi lozim. Bu gapga to'liq qo'shilamiz va hech qanday etiroz yo'q. Ammo mana shu muxlislar uyushib, o'zaro hamjihatlikda ish olib borishlarining nimasi yomon? O'z navbatida, klub ham ashaddiy muxlislarga peshvoz chiqib, birgalikda ish olib borishi kerak emasmi? Neftchining o'yinlariga chipta-ku, mayli, o'z pulimizga sotib olib kirarmiz. Ammo nima uchun farg'onalik muxlislar O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlariga kirishda ham muammolarga duch kelishlari kerak? Qanday qilib deysizmi? Hozir tushuntiraman.

Yaxshi bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlislar klubi uchun O'FF tomonidan har bir o'yinga chipta tarqatiladi. Fan-klub rahbari Abdurahmon Fozilov bu chiptalarni oliy liga jamoalari ishqibozlari o'rtasida teng taqsimlaydi. Biroq Neftchi muxlislar klubi rasmiy maqomga ega bo'lmagani sababidan bu chiptalarni olguncha ancha-muncha ter to'kishga to'g'ri keladi. SHunda ham so'nggi daqiqalarda zo'rg'a 5-10ta bepul chipta olamiz, xolos. Boshqa klub azolarining bizdan anchagina ko'p chiptaga ega bo'lganliklarini ko'rib, xo'rligi keladi odamning. Axir O'zbekiston milliy terma jamoasining o'yinlariga tushish qay darajada qiyin ekanini hammamiz yaxshi bilamiz-ku...

CHIQIM UYASI

Mayli edi, Neftchi oliy ligada 1 yoki 2-o'rinni olganda edi, mamuriyat olib borayotgan ish ustidan shikoyat qilmasdik. CHunki bunday holatda qiziqish ham katta bo'ladi, muxlislar klubini taminlay oladiganlar ishqibozlar orasidan ham topiladi. Neftchi FK uchun esa muxlislar klubi chiqim uyasidan boshqa narsa emasdek ko'rinmoqda.

Xullas, Farg'onada shunaqa gaplar. Bir vaqtlar mamlakatimizning eng etakchi klublaridan biri sifatida etirof etilgan, stadionni to'ldirib muxlis yiqqan Neftchi uchun hozir bitta muxlislar klubi ham ortiqcha bo'lib qolgan. Muammolar etarli, ammo muxlislarda klub rasmiylari bilan uchrashib, masalaga oydinlik kiritib olish imkoniyati deyarli yo'q darajada. Futbol - muxlislar uchun, degan gap har doim takidlanadi. Lekin shunga yarasha ish olib borilayotganini har doim ham ko'ravermaysiz. To'g'ri, klubda ijobiy o'zgarishlar ham bor. Masalan, matbuot xizmati avvalgidan ko'ra yaxshiroq ishlamoqda, bazan qoyil qoldirmoqda ham. Lekin shuning o'zi etarli bo'larmikan?

SALOMGA YARASHA ALIK

Aslida, biz yuqorida ko'tarib chiqqan muammolarni hal qilish osmondagi oyni uzib olishdan ancha osonroq. SHunchaki, muxlislar klubiga biroz imtiyoz ulashish, yangi azolarni jalb etish uchun bepul chiptalar taminotini yo'lga qo'yish va ishqibozlik qilishda qo'l keladigan ashyolarni stadionga olib kirishga ruxsat berish bilan olam guliston bo'ladi. Biroq bu gaplar boshqalar uchun bizga tuyulganidek oson ko'rinmasligi ham bor masala.

SHu o'rinda bepul chipta masalasi bilan bog'liq bir noxush holatni ham keltirib o'tsak. Gap shundaki, Neftchi jamoasi har yili bir martadan Paxtakor va Bunyodkor mehmoni bo'ladi. Tabiiyki, jamoa bilan birga muxlislar klubi ham safarga boradi. Kishining zavqini keltiradigan tomoni, har ikki klub muxlislari bizni stadion oldida kutib olib, o'yinga kirish uchun tekin chipta bilan taminlaydilar. Bunday mehmondo'stlik juda yoqimli va undan boshingiz osmonga etadi. Ammo salomga yarasha alik olish ham zarur ekanini o'ylasangiz, chakkangiz tirishishi turgan gap. CHunki Paxtakor va Bunyodkor muxlislar klubi Farg'onaga borgan vaqtda ularni Istiqlol stadioni yonida sovg'a chipta bilan kutib olish imkoniyati juda past-da.

Haytovur, joriy mavsum farg'onalik muxlislar poytaxtlik mehmonlarni munosib kutib olish harakatida yurishgan ekan. Bu mehmondo'stlik qanchaga tushishini hisoblab ko'rish qiyin emas. CHunki Neftchi klubining tekin chipta bilan taminlashi juda qiyin masala. Jamoaning topib olgan gapi: Istiqlol stadioni Neftchi FK hisobida emas, biz muxlislarga bepul chipta bera olmaymiz. Yaxshiyam gap Farg'ona viloyatiga tegishli bo'lgan stadion haqida ketmoqda. Viloyat rahbariyati bilan gaplashib, shundoq ham bo'shab yotgan Istiqlol stadioniga 50-100ta bepul chiptani muxlislar klubiga olib berish nahotki qiyin ish bo'lsa?

FUTBOLKA VA KEPKA

Albatta, Farg'onada ham muxlislar bilan ishlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Masalan, bir yilda bir marta bittadan futbolka va kepka beriladi. Bir qarashda shuning o'zi rahmat aytishga arziydigan rag'bat. Ammo jaziramada, quyoshga tik qaragan holda qarama-qarshi o'rindiqlarda o'tirgan muxlislarning qadri faqat shu bilan o'lchanadimi?

Neftchi fan-klubi hozir mavjudmi? Bu savolga javobni maqola davomida aniq-tiniq bermadik. SHunchaki, o'qiganingizdan o'zingiz xulosa qilib olavering...

Yoqubjon SOHIBOV

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика