"Neftchi": Murodjon Ismoilov - “Neftchi” bosh murabbiyi, Memet ishdan ketdi
03 jan 2014 17:18
Yangiliklar

"Neftchi": Murodjon Ismoilov - “Neftchi” bosh murabbiyi, Memet ishdan ketdi
Yangi yilni “Neftchi” muxlislari yaxshi xabar bilan qarshi olishdi.
Bugun jamoa bazasida “Neftchi” PFK boshqaruv kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etgan majlisda shu kunga qadar “Paxtakor” bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Murodjon Ismoilov rasman “Neftchi” bosh murabbiyi etib tayinlandi. “Neftchi” maslahatchi murabbiyi Amet Memet bilan esa xayrlashildi.
Jamoadagi yangiliklarga kelsak, bugungi mashg'ulotda nigeriyalik himoyachi Devid Oniya, Sardor Qobuljonov ishtirok etishdi. SHuningdek, Igor Taran ham bugun klub bazasiga keldi.
SHavkat Raimqulov, Devid Oniya, Sardor Qobuljonov, Jahongir Mehmonov, Igor Taranlar bilan shartnoma imzolandi. Ertangi mashg'ulotda Ro'zimboy Ahmedov, Aleksandr SHadrin, Jahongir Mehmonov, Maksimilian Fomin qatnashishi kutilmoqda.

Fikrlar