"Neftchi": Maxstaliev bilan Ubaydullaev mashg'ulotlarga qo'shildi
05 jan 2015 18:06
Yangiliklar

"Neftchi": Maxstaliev bilan Ubaydullaev mashg'ulotlarga qo'shildi
Ayni damda o'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan “Neftchi” safiga yangi o'yinchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Abbos Maxstaliev bilan Muhsin Ubaydullaev kuni-kecha jamoa lageriga etib keldi. O'tgan yili Maxstaliev birinchi davrani “Paxtakor”da o'tkazib, keyinchalik “Andijon”da ijara asosida to'p surgandi. Ubaydullaev esa 2014 yili to'liq “sherlar” ixtiyorida bo'ldi.
Himoya chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida “Bunyodkor” azosi SHukurali Po'latovning yana “Neftchi”ga qaytarish borasida ish olib borilmoqda. Yaqin orada 25 yoshli futbolchi mashg'ulotlarga ko'shilishi kutilmoqda. SHuningdek dekabr oyida “Qaysar” yig'inida bo'lib qaytgan Ro'zimboy Ahmedov ham ertaga Farg'onaga etib keladi. Rahbariyat bilan uchrashuvdan so'ng ushbu hujumchining taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar