So’nggi yangiliklar

10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  1 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  22 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  0 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  2 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  83 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  17 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  2 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1

"Neftchi" mavsumga qanday holatda yaqinlashmoqda? Tarkibdagi asosiy o'zgarish va boshqa yangiliklar xususida Yangiliklar

"Neftchi" mavsumga qanday holatda yaqinlashmoqda? Tarkibdagi asosiy o'zgarish va boshqa yangiliklar xususida

Championat.Asia Superliga klublariga bag'ishlangan materiallarni tayyorlashda davom etadi.

Navbat Farg'onaning "Neftchi" klubiga etib keldi. Jamoa o'tgan mavsumda Superligaga qaytganidan so'ng ligadagi o'rnini saqlab qolgandi. Birinchi davrada klubda ishlar yaxshi ketmadi, lekin Vitaliy Levchenko tayinlangach, natijalar yaxshilandi.

Tarkib, transferlar va jarohatlar

2022 yilgi mavsum yakunida klubni bir hujumchi tark etdi. SHahzod Ubaydullaevning ijara muddati tugadi va u yana "SHaxtyor" Soligorskka qaytdi. 

Farg'ona jamoasi ketgan futbolchilar o'rnini ikki nafar hujumchi bilan to'ldirdi – Qozog'istonning "Akjayik" klubidan gruziyalik Toma Tabatadze va "Surxon"dan Murodbek Bobojonov jalb etildi.

Yarim himoyada ham o'zgarishlar bo'ldi. Klubni Sirojiddin Qo'ziev, Abror Ismoilov, SHerzod Karimov, Oybek Qilichev va Salamat Quttiboev tark etishdi. Sirojiddin Qo'zievga "Kuching Siti"dan taklif tushdi va Malayziya chempionatini zabt etishga yo'l oldi. Abror Ismoilovga Samvel Babayan tomonidan qiziqish kuzatildi va u Namanganga ko'chib o'tdi. SHerzod Karimov, Oybek Qilichev va Salamat Quttiboev erkin agent maqomida jamoadan ketishdi.

Ularning o'rniga klub Gruziyaning "Dila" jamoasi vakili, 30 yoshli ukrainalik Yuriy Batyushin, shuningdek, "Navbahor"dan Nurillo To'xtasinov va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi. Transfer oynasining so'nggi kunlarida klub G'ulom Haydar G'ulomov bilan shartnoma imzolaganini ham elon qildi.

"Neftchi"ning himoyasi ham o'zgardi. 35 yoshli Darko Stanoevich jamoani tark etib, Serbiyaning "Mladost" klubiga yo'l oldi. Uning o'rniga klub "Surxon"da to'p tepgan tojikistonlik himoyachi Zoir Jo'raboev bilan kelishuvga erishdi. Undan avval "Neftchi"da o'ynagan himoyachi Anvar G'ofurov ortga qaytarilgandi.

Farg'ona klubida eng ko'zga ko'ringan o'zgarishlar darvoza chizig'ida sodir bo'ldi. Evgeniy Konyuxov va Mashhur Muhammadjonov klubni tark etishdi. Ularning o'rnini U-23 Osiyo Kubogi kumush medali sovrindori Vladimir Nazarov egalladi. Qizig'i, Nazarov avvaliga "Bunyodkor"ga o'tgan, ammo rahbariyat o'zgarganidan so'ng u erdan ketgandi.

Lutfulla To'raev tizzasidan jarohat olgani bois mavsum startini o'tkazib yuboradi. U mart oyining o'rtalarida safga qaytadi.


Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar

Klub Superliganing so'nggi mavsumini Ilhom Mo'minjonov boshchiligida boshladi. Birinchi davra yakunlariga ko'ra, jamoa musobaqa jadvalida so'nggi o'rinlardan birini band etdi, shundan so'ng Mo'minjonov istefoga chiqdi. Uning o'rniga Vitaliy Levchenko keldi hamda qisqa vaqt ichida jamoani tartibga keltirishga va jamoaning yuqori diviziondan tushib ketmasligiga ko'maklashdi.

SHuningdek, o'tgan yilning dekabr oyidan boshlab klubda yangi bosh direktor faoliyat yuritmoqda. Bu – Mansurbek Toshmatov. Undan oldingi rahbar Mo'ysinjon Mehmonov sog'lig'i sabab lavozimini tark etgandi.


Qishki yig'indagi natijalar

"Neftchi” birinchilardan bo'lib yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Dekabr oyidayoq jamoa Toshkentda yig'inning birinchi bosqichini boshlagandi. Bu vaqtda farg'onaliklar Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi (1:1 va 0:1).

6 yanvar kuni klub yig'inlarini davom ettirish uchun Turkiyaga uchib ketdi. U erda klub bir nechta legionerlarni ko'rikdan o'tkazdi. Ulardan biri avval "Paxtakor" sharafini himoya qilgan Oliver SHarkich edi. Yakunda u bilan shartnoma imzolanmadi.


Antaliyadagi yig'in doirasida klub 10 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi:

"Visla" (Ukraina) – 0:0;

"Debrecen" (Vengriya) – 0:0;

"Krumovgard" (Bolgariya) – 2:0;

"Radomyak" (Polsha) – 2:1;

"Septemvri" (Bolgariya) – 3:1;

"Alashkert" (Armaniston) – 0:1;

"Krivbass" (Ukraina) – 1:2;

"Zarya" (Ukraina) – 1:0;

"Krilya Sovetov" (Rossiya) – 3:2;

"Jetisu" (Qozog'iston) – 2:0.

12 ta o'rtoqlik o'yinida "Neftchi" raqiblar darvozasini 13 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi, biroq shu bilan birga, 9 ta gol o'tkazib yubordi. Vitaliy Levchenko hamon optimal tarkib va o'yin uchun   strategiya izlayotgani aniq, ammo oxirgi o'yinlarda jamoa to'g'ri yo'lda ekanligi malum bo'ldi.


Qo'shimcha malumot

Klubda moliyaviy muammolar bor. Avvalroq "Neftchi" o'tgan mavsumdagi futbolchilar oldida qarzi borligi haqida malumotlar paydo bo'lgandi. Farg'onaliklarning boshqa klublardan 460 million so'm qarzi borligi ham malum.

Antaliyadagi yig'inda Championat.Asia butun kunni "Neftchi" bilan o'tkazib, maxsus ko'rsatuvni tasvirga tushirdi. Quyida uni tomosha qilishingiz mumkin.



Emil Bekmuhammedov tayyorladi

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика