“Neftchi” mashg'ulotlarga kirishdi
09 iyu 2016 15:23
Yangiliklar
“Neftchi” mashg'ulotlarga kirishdi
Andrey Fyodorov jamoasi Dukentdagi sport bazasida 11 kun davomida mashg'ulot o'taydi. Dukent yig'inining ilk qismiga jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilov boshchilik qilmoqda. Ko'p o'tmay, Moskva safariga yo'l olgan Andrey Fyodorov ham yurtimizga qaytib keladi va jamoa mashg'ulotlarida o'z ishini davom ettiradi. Tarkibda o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” futbolchilari Dukent yig'inini yakunlagach, Toshkent shahrida 2 ta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishadi. “Paxtakor” hamda “Buxoro” klublari jamoaning nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari hisoblanadi. Malumot o'rnida, farg'onaliklar ikkinchi davraning ilk bahsini o'z maydonlarida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar