So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

“Neftchi” lagerida nima gap? Yangiliklar

“Neftchi” lagerida nima gap?

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini hammadan birinchi boshlagan farg'onaliklar ayni damda o'z qarorgohida dastlabki yig'inni o'tkazmoqda.
10 dekabrda tatildan qaytgan futbolchilar dastlab besh kun bir mahaldan shug'ullanishdi. Kechadan buyon mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazila boshladi. Aytish kerakki, hozircha tarkibda asosan mahalliy o'yinchilar. Boshqa viloyatlik futbolchilar ham asta-sekin jamoa ixtiyoriga etib kelmoqda.



Mashg'ulotlar ertalab yopiq manejda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tayotgan bo'lsa, kunning ikkinchi qismida to'p bilan texnik va taktik jihatlar borasida bo'lmoqda. Rejaga ko'ra mazkur yig'in 27 dekabrga qadar davom etadi. SHundan keyin 3 yanvarga qadar dam beriladi. Tayyorgarlik rejasiga ko'ra “Neftchi” fevral oyida Turkiyada yig'in o'tkazadi.



Tabiiyki tarkibda yuz berishi kutilayotgan o'zgarishlar muxlislarning diqqat markazida turibdi. Hozircha ishqibozlarga shuni aytish mumkinki, jamoa rahbariyati sobiq o'yinchilarni qaytarish borasida muzokara o'tkazmoqda.



Lekin jamoaga ayna qaysi o'yinchilarning kelib qo'shilishi sir tutilmoqda. Tomonlar rasman kelishuvga erishsagina bu haqda malumot beriladi. Lekin shunisi aniqki joriy mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan Vyacheslav Ponomaryov, Iqbol Boboxonov, Aleksandru Onika, Andrey Akopyanc singari o'yinchilar jamoa xayrlashishni maqul topgan.



SHuningdek bu yil jamoa safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan va shartnomasi tugab borayotgan Dilyorbek Irmatov o'zini “Bunyodkor”da sinab ko'rmoqchi ekanligini bildirgan. Ijara asosida o'ynagan Abdumavlon Abdujalilov (“Paxtakor”) va Sardor Rahmonov (“Lokomotiv”) o'z jamoalariga qaytib ketgan. Ularning yana “Neftchi”ga qaytishi hozircha aniq emas. Undan tashqari hujumchi Ro'zimboy Ahmedovning Qozog'istonning “Qaysar” klubi ko'rigidan o'tayotganini aytish lozim. 



Darvoqe, murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar yuz bergan. Bungacha yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelgan Sergey Kovshov, darvozabonlar murabbiyi Vyacheslav Tomilin va Xislat CHilmatov ham jamoa bilan xayrlashgan. Endilikda yoshlar jamoasiga Bahrom Haydarov boshchilik qiladigan bo'ldi. Aytish lozimki, “Neftchi” yoshlar jamoasi 15 dekabrdan yig'inni boshlagan. SHu kuni Haydarov yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida futbolchilarga tanishtirildi.



Hozircha rasman shartnoma imzolanmagan bo'lsada, kelasi yil darvozabonlar bilan Bahodir SHamsiddinov ishlaydigan bo'ldi. O'z vaqtida “Cementchi”, “Atlaschi” va “Andijon” jamoalarida faoliyat yuritgan SHamsiddinov endilikda murabbiy sifatida o'zini sinab ko'radi.



SHuningdek klub ijrochi direktori Sulton Zaylobidinov endilikda yangi ishga tushayotgan “Neftchi” akademiyasida direktor sifatida ishlaydigan bo'ldi. “Neftchi” jamoa boshlig'i sifatida SHerzod Raimjonov ish boshlagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика