“Neftchi” yig'inni boshladi
04 jan 2015 14:45
Yangiliklar


“Neftchi” yig'inni boshladi
“Neftchi” azolari qisqa muddatli tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoa kecha o'z qarorgohida yig'ildi. Rejaga ko'ra ikki hafta davomida
yig'in Farg'onada olib boriladi. Tarkibdagi yangilardan Otabek Haydarovni
aytish mumkin. Iqtidorli hujumchi oxirgi yillarda “Qo'qon-1912”da o'ynab
kelayotgandi.
SHuningdek “Paxtakor” azolari bo'lgan Abbos Maxstaliev bilan Muhsin Ubaydullaevning ham yaqin kunlarda tarkibga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Aytish lozimki, Ubaydullaev farg'onalik futbolchi hisoblanadi.
Bundan tashqari tarkibdagi raqobatni oshirish maqsadida yana bir nechta futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda.

Fikrlar