So’nggi yangiliklar

22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  49 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  13 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8

“Neftchi Jarqo'rg'on” – Qashqadaryo hokimi kubogi sohibi! Yangiliklar

“Neftchi Jarqo'rg'on” – Qashqadaryo hokimi kubogi sohibi!

Teglar :  QashqadaryoNeftchi
Bir necha kunlardan buyon Qashqadaryo viloyatining to'rtta shahrida ananaviy Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi bahslari bo'lib o'tdi.

Bugun kubok bahslarining so'nggisi – final uchrashuvi o'tkazildi.

Final uchrashuvi davomida Qarshi shahrida kuchli qor yog'ib turdi. Har ikkala final ishtirokchilarining roziligi bilan, final uchrashuvi o'tkazilishiga qaror qilindi.

Xabaringiz bor, avval “Nasaf” jamoasida to'p tepgan va keyin jamoa o'rinbosarlarida murabbiylik qilgan – Bahodir Anaamatov hozirda Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on shahriga qarashli “Neftchi” jamoasida murabbiylik qilmoqda.

Bugun “Nasaf” jamoasining ikki sobiq o'yinchilari – Nurali Sultonov va Bahodir Annamatovlar qo'l ostidagi “Barkamol” hamda “Neftchi” jamoalari final uchrashuvda kuch sinashdi.

Noqo'lay ob-havoga qaramay maydonga tushgan futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. CHunki, bu final uchrashuvi edi. Uchrashuv birinchi bo'limi teng kurashllar ostida kechdi. Ammo birinchi bo'limning so'nggi daqiqasiga kelib, omad mehmon jamoaga kulib boqdi. Bahodir Annamatov shogirdlari uchrashuvdagi hisobni 45-daqiqada ochishga erishdi. Golga Samandar Ochilov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'lim ham uchrashuv keskin kurashlar ostida davom etdi. Ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida mehmonlar yana bir marta gol urishga erishdilar. Ushbu golni 55-daqiqada Abdulqosim Qurbonov kiritdi. Qurbonov maydonga uchrashuvning  ikkinchi bo'lim boshida tushirilgan edi.

Bu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi. Uchrashuvda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

SHunday qilib, Bahodir Annamatov qo'l ostidagi “Neftchi” jamoasi bosh sovrin sohibiga aylandi.

Uchrashuv yakuniga etkach, viloyat futbol federaciyasi vice prezidenti Norqul Daminov va boshqa rasmiy kishilar kubok musobaqasi g'oliblariga kubok, diplom va esdalik sovg'alarini tantanali ravishda topshirishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi. Final. 03.02.2017

“Barkamol” (Qarshi) – “Neftchi” (Jarqo'rg'on) 0:2 (0:1)
“Nasaf” FM maydoni. 11:00da
Bosh hakam:
Konstantin Smirnov (Qarshi)
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Artyom Kalinin (ikkalasi ham Qarshidan)
Zaxira hakami: Asror Xo'jaev (Qarshi)
Nazoratchi: Aleshnikov V.R. (Qarshi)

Gollar: Samandar Ochilov, 45’-0:1, Abdulqosim Qurbonov, 55’-0:2

“Barkamol”: 21.Abduvohid Nematov, 5.SHerzod Nasrullaev, 8.Xudoyorxon Sagdullaev, 10.Sirojiddin Ettiboev, 16.Akmal Mozgovoy, 20.Dilshod Saitov, 22.Navro'z Saidov, 24.Muxriddin SHamsiddinov (42.Mirzabek Joniqulov 46), 27.Yodgor Nazarov, 32.Farruh Absalomov, 34.Ilhom Alijonov (s).
Zaxira: 48.Elshod Qodirov, 9.Elbek Otaqulov, 18.Siyovush Yakubov, 17.Sardor Sadullaev, 19.Husniddin Aliqulov, 28.Saddam To'xtaev.
Bosh murabbiy:  Nurali Sultonov

“Neftchi”: 1.Otabek Sadiev, 4.Samandar Ochilov, 3.Botir To'raev (Abdulqosim Qurbonov 46), 5.Asljon Mansurov, 7.Sanjar SHomurodov (s), 11.Iskandar Qurbonov, 14.Zafar Qoraqulov, 15.Jamshid Bakirov, 17.Bobur CHoriev, 18.Diyor Karimov, 20.Mirjalol Annamatov.
Zaxira: Javoxir Komilov, Rustam CHoriev, Jafar Ismoilov, Javohir Ashurov, Rustam Jo'raev, Azizbek CHoriev.
Bosh murabbiy: Bahodir Annamatov

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 45, Mirzabek Joniqulov 59 (ikkalasi ham “Barkamol”dan).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика