"Neftchi" jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
15 jan 2016 18:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/195243_original.jpg)
![](/upload/storage/195243_220.jpg)
"Neftchi" jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
Farg'onalik futbolchilar 15 yanvardan boshlab tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishini malum qilamiz.
"Neftchi" vakillari 15 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, kunning ikkinchi qismida poytaxtdagi ilk mashg'ulotlarni boshlashdi. Soat 16:00da boshlangan mashg'ulotlarda "Neftchi"ning barcha azolari ishtirok etishdi. Xususan jamoamizning iqtidorli yarim himoyachisi Abbos Maxstaliev ham jamoaning bugungi mashg'ulotlarida ko'rinish berdi.
Malumot o'rnida, Farg'ona klubi Toshkentdagi yig'in doirasida 4 ta nazorat o'yinida ishtirok etadi. Jamoamizning ilk raqibi "Obod" jamoasi hisoblanadi. Mazkur raqibga qarshi o'yinda 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar